8% lik o‘sish SSSRdan qolgan qo‘shib yozishmi?

O‘zbekiston hukumati majlisida e‘lon qilinishicha, mamlakatda 2015 yil uchinchi choragida ham 8 foizlik iqtisodiy o‘sishga erishilgan.

19 oktyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan Vazirlar Mahkamasi majlisida yilning 9 oyi mobaynida O‘zbekistonning Yalpi Ichki mahsuloti 8,0 foiz ko‘paygani qayd qilingan.

Davlat nazoratidagi matbuot xabarlarida aytilishicha, bunga iqtisodni rivojlantirishning "o‘zbek modeli" asosida amalga oshirilayotgan siyosat natijasida erishilgan.

"Jahonda davom etayotgan iqtisodiy inqirozga qaramay, O‘zbekistonda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o‘sishning yuqori sur‘atlari ta‘minlanayotganligi qayd etildi", deya xabar qiladi O‘zA axborot agentligi.

Hukumat majlisida keltirilgan rasmiy raqamlarga ko‘ra, 2015 yilning uch choragi davomida "748700 ta yangi ishchi o‘rni tashkil etilgan", "aholi turmushi sifati va darajasi yanada oshirilgan".

Buning misoli sifatida 1 sentyabrdan O‘zbekistonda maosh, pensiya va stipendiyalar 1,1 marta oshirilgani keltirilgan.

O‘zbekiston statistik ma‘lumotlarni davlat siri deb ko‘radigan mamlakat hisoblanadi va hukumat majlisida yoki yuqori mansabdagi mulozimlar e‘lon qilgan rasmiy raqamlarni mustaqil iqtisodiy ekspertlar tomonidan tahlil qilishning imkoni yo‘q.

Image copyright none
Image caption Iqtisodiy o‘sish mamlakatida tappiga qaytilmoqda

Shuning uchun ham O‘zbekistondagi iqtisodiy o‘sish, 1 million yangi ish o‘rinlari barpo etilgani borasidagi rasmiy bayonotlar savol ostiga olinadi.

8 foizlik o‘sish xabari ham Rossiya Markaziy banki mehnat muhojirlarining O‘zbekistonga yuborayotgan pul o‘tkazmalari kamayib borayotganini xabar qilayotgan, Rossiyadagi iqtisodiy vaziyat millionlab o‘zbekistonliklarni vatanga qaytishga majbur qilayotgan paytga to‘g‘ri kelganiga e‘tibor qaratilmoqda.

Kuni-kecha esa Xitoy iqtisodiy o‘sishi 2015 yilning uchinchi choragida 6,9 foizni tashkil etgani haqidagi xabar butun dunyo ommaviy axborot vositalarining diqqatiga tushdi.

Xitoyda ham O‘zbekistondek oxirgi 30 yilda faqat iqtisodiy o‘sish kuzatilmoqda, 2007 yilgacha YaIM yillik o‘sishi 11 foizni tashkil etdi.

Bunday o‘sish "iqtisodni qizdirib yuborish" salbiy oqibatlariga yetaklashi mumkinligidan Xitoy rahbariyati yillik o‘sish sur‘atini pasaytirishga harakat qilmoqda.

Bu yil Pekin iqtisodiy o‘sish 6,9 foizdan ham kam bo‘lishiga xursand bo‘lishini aytgan.

Navoiy viloyatida marmar ishlab chiqarish korxonasiga rahbarlik qilgan tadbirkor Muhammadyoqub Hamroyevning aytishicha, O‘zbekistonda o‘sish haqidagi rasmiy ma‘lumotlar ishlab chiqarilgan mahsulot hisobiga emas, mahsulot narxi hisobiga bo‘lmoqda.

Bu xuddi paxta ortilgani aytilgan bo‘sh vagonlar Rossiyaga borib-kelgan qo‘shib yozishga o‘xshaydi, deya qiyoslaydi Muhammadyoqub Hamroyev.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq