Toni Bleyr "Islomiy Davlat" Iroq urushi sabab paydo bo‘lganini tan oldi

Image copyright AFP
Image caption Toni Bleyr va Jorj Bush

Britaniyaning sobiq Bosh vaziri Toni Bleyr Iroq urushi davrida yo‘l qo‘yilgan xatolar uchun uzr so‘ragan.

Uning aytishicha, o‘zini "Islomiy Davlat" deya atayotgan guruhning paydo bo‘lishiga bu urush sabab ekani haqida da‘volarda jon bor.

Toni Bleyrga ko‘ra, "oramizda Saddam Husaynni yo‘q qilishga hissa qo‘shganlar" Iroqdagi hozirgi ahvol uchun ma‘lum darajada mas‘uldir.

Ammo, u Saddam Husaynni qudratdan ketkazish amalini oqlagan, buning uchun "uzr so‘rash imkonsiz" ekanligini aytgan.

Sobiq Bosh vazirga ko‘ra, agar Saddam Husayn qudratda qolganida, Iroq bugungi Suriya ahvoliga tushardi.

Bleyrning ayni uzrhohligi Ser Jon Chilkot Iroq urushi tekshiruvi yakuniga doir e‘lon berishidan avvalroq kuzatilmoqda.

Ammo, Britaniya gazeti bilan suhbatda, sobiq Bosh vazirning so‘zchisiga ko‘ra, hech qanday yangi gap aytilgani yo‘q.

Amerikaning CNN tarmog‘i bilan hali efirga uzatilmagan suhbatida Toni Bleyr uning Iroqqa doir siyosati ishlamagan bo‘lsa ham, bu degani undan keyingi siyosatlar ishladi degani emas.

U hamon Saddam Husayn qudratdan ag‘darilganini to‘g‘ri amal deb hisoblashi, aks holda, mamlakatdagi vaziyat Suriyadagi kabi fuqarolar urushini keltirib chiqarishini aytadi.

"Men biz olgan josuslik ma‘lumotlari noto‘g‘ri ekani uchun uzr so‘rayman. Shuningdek, rejalashda va rejimni yo‘q qilgandan keyin nima bo‘lishini tushunmaganimiz xato bo‘lgani uchun kechirim so‘rayman", deb aytgan Toni Bleyr.

Bu haqda Toni Bleyr Britaniya parlamenti va Iroq urushini tekshirish qo‘mitasida ham avval uzr so‘ragan edi.

CNN bilan suhbatda u "Islomiy davlat"ning paydo bo‘lishida Iroq urushi sabab bo‘lgani haqidagi da‘volarda "jon borligini" aytadi.

"...ammo Arab bahori bugungi Iroqqa ta‘sir qilishi tayin edi", deydi u.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq