Parkentda varaqa tarqatgan o‘smir 9 yilga qamaldi

Image copyright zhurnal.lib.ru

O‘zbekiston matbuoti xabar tarqatishicha, shu yilning aprel oyida poytaxt Toshkentga yaqin Parkent tumanida "Islomiy Davlat" varaqalarini tarqatgan 18 yoshli Firdavs Salimovni mahkama 9 yillik qamoq jazosiga hukm etgan.

Xabarlarda Firdavs Salimovning Parkent Transport va xizmat kolleji talabasi bo‘lgani xabar qilinadi.

12news.uz web-sayti xabar qilishicha, ayblanuvchi avval "O‘zbekistonga dushman xorijiy ommaviy axborot vositalarining ta‘siriga tushib qolgan, so‘ng "Islomiy Davlat" a‘zolari bilan Internetda tanishgan.

"Uning otasi shu kollejning o‘qituvchisi bo‘lgan va u o‘g‘liga noutbuk sotib olib bergan. Internet yordamida o‘g‘lim ingliz va rus tillarini o‘rganadi, deb o‘ylagan. Firdavs mahkamada avval O‘zbekistonga dushman xorijiy OAV ta‘siriga tushib qolganini, keyinroq Internet orqali ekstremistik tashkilot vakillari bilan tanishganini tan oldi. Bora-bora IDga aloqador virtual tanishlaridan buyruqlar ola boshlagan", deb aytgan Oliy Sud vakili 12news.uz web-saytiga.

Parkentlik o‘spirin Internetdagi materiallar asosida ID varaqasi va bayrog‘ini yasagan va ayrim maktab o‘quvchilarining yordamida varaqa va bayroqlarni 29-o‘rta maktab, 18-bog‘cha va Transport va xizmat kolleji darvozalariga osib chiqqan.

U mahkamada o‘z aybini to‘la bo‘yniga olgani xabar qilingan.

"U yana o‘z tengurlariga maqtangan ham, qanday qilib hamqishloqlarini asabiy qilib, tinchini buzgani haqida. Sud uni 9 yilga ozodlikdan mahrum qilish haqida hukm chiqardi. Bundan tashqari, undan 9 million 935 ming so‘mlik moddiy va ma‘naviy zarar undirildi", deb aytgan O‘zbekiston Oliy Sudi vakili 12news.uz web-saytiga.

Aprel oyi oxirida Toshkent viloyatining Parkent tumani Hisorak qishlog‘ida diniy mazmundagi varaqalar topilgani haqida xabar tarqalgan.

Buning ortidan butun Parkentda yirik amaliyot boshlangan, amaliyotga yuzlab militsiya, maxsus kuchlar va harbiy texnika jalb etilgandi.

Amaliyotlar so‘nggida uch kishi hibsga olingani xabar qilingandi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq