FIFA prezidentligiga nomzodlar aniqlandi

26 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan FIFA prezidentligi saylovlarida ishtirok etadigan nomzodlar ma‘lum bo‘ldi. Ro‘yxatda vazifasidan 90 kunga chetlatilgan UEFA rahbari Mishel Platini ham bor.

7 kishi prezidentlikka nomzod sifatida qayd etilgan. Ularning ichida Platini, UEFA bosh kotibi Janni Infantino, FIFA bosh kotibining sobiq o‘rinbosari Jerom Shampan,Liberiya fitbol uyushmasi prezidenti Musa Biliti, Osiyo futbol konfederatsiyasi rahbari Salmon Al-Xalifa, Iordaniya shahzodasi Ali bin Al-Husayn va Janubiy Afrika respublikasining sobiq vaziri Tokio Seksvale.

Trinadad va Tobaga terma jamoasining sobiq sardori David Nahid ro‘yxatga kiritilmagan.

Saylov natijalari o‘z lavozimidan ketishga va navbatdan tashqari saylov o‘tkazishga qaror qilgan 79 yoshli Zepp Blatterning vorisini aniqlab beradi.

Ayni damda Blatter va Platini janoblari FIFA ahloq qo‘mitasi tomonidan 90 kunga ishdan chetlatilgan.

Shveytsariya prokuraturasi FIFA prezidentiga nisbatan jinoiy ish ochganidan so‘ng shunday qarorga kelingan.

Shveytsariya Bosh prokuroriga ko‘ra, Blatter 2005 yili KONKAKAF bilan FIFA manfaatlariga foydasiz shartnoma imzolagan. Bundan tashqari 2011 yili Blatter UEFA prezidenti Platiniga uning 9 yil oldingi xizmati uchun 2 million shveytsar franki to‘lagani ham prokuraturani shubhasiga sabab bo‘lgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq