AQSh Davlat Kotibi Markaziy Osiyoda. C5+1 nima?

AQSh Davlat Kotibi Jon Kerrining Markaziy Osiyo davlatlariga safari boshlanmoqda.

AQSh Davlat Departamentining ma‘lum qilishicha, yaqin kunlarda janob Kerri Samarqandda mintaqa davlatlari Tashqi Ishlar vazirlari uchrashuvida qatnashadi.

Amerika rasmiylariga ko‘ra, bu uchrashuv C5+1 nomi ostida muloqotning yangi shaklidir.

Janob Kerri shuningdek, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Torjikiston poyaxtalariga ham tashrif buyurib, ikki tomonlama muloqotlarni yuritadi.

Bu ilk bor AQSh Davlat Kotibining bir vaqtda hamma Markaziy Osiyo davlatlariga safaridir. Amerikaning yuqori lavozimli rasmiysini bu gal mintaqaga nimalar yetaklab kelgan?

Siyosiy sharhlovchi Farhod Tolibovning BBC bilan suhbatda aytishicha, jahon sahnasida fundamental o‘zgarishlar kuzatilayotgan va yangi jahon tartiboti shakllanayotgan vaqtda janob Kerrining safari bu jarayonlarda muhim rol o‘ynashi va hissa qo‘shishi mumkin bo‘lgan mintaqa bilan AQShning yangicha munosabatlarni shakllantirish istagiga ega ekanligi belgisidir.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio