Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

"Ipini uzib qochgan" dirijabl

AQShning Merilend shtatida joylashgan harbiy bazadagi dirijabl "bog‘lab qo‘yilgan" joyidan "echilgan" va shimolga parvoz qila boshlagan.

Dirijabl bog‘langan ikki kilometrli tros elektr simlariga tegib, simlarni uzib tashlagan.

18 ming xonadon elektr quvvatisiz qolgan.

O‘z holicha 3 soat uchgan dirijabl Pensilvaniya shtatidagi o‘rmon joyga qo‘ngan.

Ushbu hodisada hech kim jabr ko‘rmagan.

Biroq havo parvozlari uchun tahdid yuzaga kelgani aytilgan.

Gel to‘ldirilgan harbiy dirijabl raketaga qarshi mudofaa tizimining bir qismi hisoblanadi.

Dirijablda Vashingtonga bo‘lishi mumkin bo‘lgan raketa hujumidan ogohlantiradigan kuchli radar o‘rnatilgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio