Xitoy "bir oilaga bir bola" siyosatini bekor qildi

Image copyright AFP
Image caption "Bir oilaga bir farzand" siyosati 1979 yildan beri amalda edi

Xitoy o‘nlab yillardan beri yurgizib kelingan "bir oilaga bir farzand" siyosatidan voz kechishga qaror qilgan.

Sinxua axborot agentligi Kommunistlar partiyasi bayonotiga tayanib xabar qilishicha, endi oilalarga ikki nafardan bola ko‘rishga izn beriladi.

Ushbu bahsli siyosat ilk bor 1979 yil amalga tadbiq qilingandi. Maqsad mamlakatda tug‘ilish va aholi o‘sish darajasini kamaytirish bo‘lgandi.

Ammo, Xitoyda aholi keksayishi bilan bog‘liq xavotirlar "bir oilaga bir farzand" siyosatidan voz kechilishiga yetaklagan.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, aynan ana shu siyosat tufayli 400 millionta tug‘ilishni oldi olingan.

Unga amal qilmagan juftlar jarima, ishdan haydalish va homilani majburiy oldirish kabi turli jazolarga yuz tutishgan.

Sotsiolog olimlar va demograflar siyosatning ijtimoiy turmushga ko‘rsatayotgan salbiy ta‘siri va ishchi sinfning kamayib borayotgani borasida bong urishar ekan, vaqt o‘tishi bilan ayrim viloyatlarda ushbu tartib biroz yumshatilgandi.

"Bir oilaga bir farzand" siyosati Xitoy Kommunistik Partiyasi Markaziy Qo‘mitasi sammiti so‘nggi kunida e‘lon qilindi.

Partiya, shuningdek, aholi o‘sish ko‘rsatkichi va kelasi besh yillik rejalarini ham ma‘lum qiladi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq