Xitoyda kechikkan talabalarni jazolashning yangi usuli

Image copyright none
Image caption Mazkur belgilar jamlamasini hosil qilish uchun 56 marta qalam tortish lozim

Xitoylik professor darsdan kechikadigan talabalarni jazolash yangi usulini topgan.

Sichuan viloyati universiteti o‘qituvchisi Vang Sijun kechikuvchilarga murakkab belgilar jamlamasini 1,000 marta yozishga buyuradi.

Mazkur belgilar jamlamasini hosil qilish uchun 56 marta qalam tortish lozim.

Bu so‘z hech qanday ma‘noni anglatmaydi, ammo janob Vang Shanxayga safari chog‘i xitoycha ugraning nomidan ilhomlanganini aytadi.

Mahalliy matbuotga ko‘ra, hozirgacha ikki talaba shu yo‘l bilan jazolangan.

Birinchi talaba 200 martadan keyin keyin, davom eta olmagani, "juda charchagani"ni aytgan.

Oxiri u Professor Vangdan jazoni yumshatishni so‘ragan va hech qachon darsga kechikmaslikka va‘da bergan.

Ikkinchi kechikuvchi esa, uning o‘rniga yuzta terrakot haykalchalarini chizishni so‘ragan. U bu ish uchun to‘rt soatdan ko‘proq vaqt safrlagan.

Jazoning "ijodiy" usuli

Image copyright none
Image caption Talabalar ko‘pda yozma mashqlar qilishlariga to‘g‘ri keladi

Xitoy xalqining yozuvi fanda "iyeroglif" deb ataladi. Xitoylar esa bu yozuvlarini "xanzi" deb aytishadi. Iyeroglif so‘zining yunon tilidan kelib chiqqan bo‘lib, "muqaddas yozuv" degan ma‘noni beradi. Ularning har biri o‘ziga xos shakl va ma‘no yoki so‘zni ifodalaydi.

Xitoy iyerogliflari dunyodagi eng qiyin yozuvlar siraga kiritiladi. Ularni puxta o‘rganish mushkulligi aytiladi.

Ammo, mazkur ish hadisini olishning eng yaxshi yo‘li takroriy mashqlar ekani ta‘kidlanadi.

Shunday ekan, talabalarga tez-tez bunday yozma mashqlar topshiriladi.

Professorning yangi jazo usuli haqidagi yangilik onlayn orqali tarqalar ekan, ijtimoiy tarmoqlarda ijobiy fikrlar bildirilgan.

Ko‘plab ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ushbu "ijodiy jazo usuli" uchun professorni olqishlaganlar.

Bugun O‘zbekistonda tartib-qoidalarni buzgan talabalar qay yo‘sin jazolanadi? Fikrlaringizni qoldiring.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq