Tinglang: Pensiyalar majburan kartochkaga o‘tkazilmoqdami?

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

O‘zbekiston matbuotida nafaqalarni majburiy ravishda bank hisobiga, ya‘ni plastik kartochkaga o‘tkazish holatlari ro‘y berayotganligi haqida sharhlar paydo bo‘lgan. Gazeta.uz web sahifasi oxirgi oyning o‘zida O‘zbekistonning turli viloyatlaridagi o‘quvchilaridan pensiyalarning plastik kartochkalarga o‘tkazilayotgani borasida maktublar olganini xabar qiladi.

Web sahifa Markaziy Bankka murojaat qilib, izoh so‘ragan vaqti plastik kartochkaga nafaqalarni o‘tkazish faqatgina ko‘ngilli ravishda ro‘y berayotgani haqida javob olgan.

Lekin, bunga ham internetdagi o‘zbekistonliklar tomonidan ko‘plab raddiyalar bildilgan vaqti o‘zini nafaqa jamg‘armasida ishlovchi deya tanishtirgan shaxs ham bahsga qo‘shilib, hamma da‘volarni rad etgan va, lozim bo‘lgan taqdirda, unga murojaat qilishlarini so‘ragan.

Bu imkoniyatdan foydalanib BBC ham unga telefon orqali bog‘lanishga urindi, lekin aloqa yomon bo‘lgani tufayli suhbatlashishga muvaffaq bo‘lmadi.

Xo‘sh, nafaqalarni majburlab bank hisobiga o‘tkazish ne qadar ko‘p uchraydigan holat? Bu haqida BBC o‘zi ham nafaqaxo‘r bo‘lgan iqtisodiy sharhlovchi Jahongir Shosalimov bilan suhbatlashdi.

Suhbatni tinglang.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio