Britaniyadan Sharm ul-Shayxga parvozlar vaqtincha to‘xtatildi

Image copyright AP

Rossiyaning Sinay yarim oroli uzra halokatga uchragan uchog‘i "portlovchi uskuna" yordamida qulagani borasidagi xavotirlar tufayli Sharm ul-Shayxga parvozlar vaqtincha to‘xtatilgan.

Britaniya Bosh vaziri qarorgohi chiqargan bayonotda aytilishicha, Sharm ul-Shayxdan bugun kechqurun parvoz qilishi rejalangan uchoqlarning hammasi mutaxassislar tomonidan obdon tekshirilmaguncha kechiktiriladi.

Bosh vazir qarorgohi matbuot kotibining aytishicha, bu kabi qaror olinishiga "qo‘shimcha ma‘lumotlar kelib tushganligi" sababdir.

Rossiyaning "Kogalimavia" shirkatiga tegishli uchog‘i bortida 224 kishi bilan 31 oktyabr kuni halokatga uchragandi.

"Bu amal ehtiyot chorasi sifatida ko‘rilmoqda va aviashirkatlar bilan yaqindan hamkorlik qilinmoqda", dedi Britaniya hukumati so‘zchisi.

Hukumatning aytishicha, bu chora allaqachon Sharm ul-Shayxda bo‘lgan va u yerga safar qilishni rejalagan Britaniyaliklar uchun xavotirga sabab bo‘lishi mumkin. Ular chipta olgan shirkatlari bilan bog‘lanishlari kerak.

Bosh vazir Devid Kameron bugun kechroq vaziyatni muhokama qilish uchun shoshilinch xavfsizlik qo‘mitasi majlisini o‘tkazadi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio