Ogoh bo‘ling: Yangi ekologik bomba

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Ekologlar qadim va go‘zal Yunonistonning Lesbos orolida vujudga kelgan vaziyatni ana shunday baholashmoqda.

Ularga ko‘ra, orolda o‘n minglab qochqinlardan qolgan qutqaruv nimchalari yangi ekologik halokat xavfini paydo qilgan.

Mutaxassislarning xavotirlanishlaricha, buncha qutqaruv nimchasi – vaqti kelib portlashi mumkin bo‘lgan ekologik bombadir.

Ustiga ustak, lesboslik mas‘ullar ularni yo‘q etishga ojiz ekanliklaridan bong urayotgan bo‘lishsa, baliqchilar allaqachon bozorlari kasodga uchrayotganidan shikoyatda.

Shu yilning o‘zida bir millionga yaqin qochqin panoh istab, o‘z yo‘llarini Yaqin Sharqdan Ovro‘poga solishgandi.

Turkiyaga yaqin Lesbos esa, ularning aksariyati uchun vaqtinchalik boshpana vazifasini o‘tagandi.

Siz ham nazar tashlab boqing-chi...

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio