"O‘zbekistonga aqidaparast guruhlar tahdid solayotgani rost, ammo..."

Image copyright none
Image caption Jangarilar O‘zbekistonga tahdid soladimi?

O‘zbekistondan kelayotgan xabarlarga ko‘ra, o‘tgan oy mamlakat bo‘ylab o‘nlab diniy aqidaparastlar qo‘lga olingan.

Hukumatga ishoniladigan bo‘lsa, ekstremist guruhlar mamlakatga mustaqillikning qariyb 25 yil mobaynida muttasil tahdid solmoqda.

Ya‘ni, bu tahdid hech qachon arigani yo‘q.

Ijtimoiy tarmoqlardagi BBC O‘zbek xizmati mushtariylaridan biz O‘zbekistonga ana shu ektremizm tahdidi qanchalar deb so‘ragan edik.

Aqidaparast va terrorchi guruhlarning yuzaga kelishiga qanday sabablar bor?

Facebook va Odnoklassnikidagi BBCUZBEK mushtariylari javoblari bilan tanishing.

(Aksariyat izohlar grammatik tahrirsiz nashr qilinmoqda. Haqoratli so‘zlar va ochiq tahdid ishlatilgan barcha izohlar o‘chiriladi va mualliflarga ogohlantirishsiz to‘siq ( blok ) qo‘yiladi.)

Gayrat Yuldosh: Tahdid bor. Lekin ko‘lami qanchaligini bilmadim. Lekin nazarimda bu tahdid hukumat o‘ylayotganidan ham oshiqroq. Uzoqqa bormaylik, mana shu Facebookni o‘zida ham ehhe qancha o‘zbeklar bor IShIDga, yoki boshqa oqimlarga da‘vat qilayotgan.

Ayub Pulatov: Teroristlarga karshi endi xalk tayyor ,ularni yuliga kiradigan sodda yuk.uzim birinchi bulib kurashaman galamuslarga karshi

Ben Den: Yo‘q, tahdid solmagan va solmayapti va kelajakda ham solmaydi. Tahdid solayapti deb jar solayotgan o‘zi diktator, o‘z jinoyatlarini berkitib, hokimiyatni qo‘ldan chiqarmaslik uchun 26 yildan beri ..... qilmoqda va xalqqa zulm yetkazmoqda. Islom fobiyasiga duchor bo‘lganlar esa uning yolg‘onlarini yamlamay yutishmoqda. Albatta maxsus xizmatlar bunday g‘ayridinlik va musulmon kishilarga dushmanlik qilish harakatlarida sovet imperiyasi dahriylar davrida ishlab chiqarilgan KGB usulidagi fitnalarni qo‘llab amalga oshirmoqdalar. Ijtimoiy tarmoqlarda ham o‘zini musulmon ko‘rsatib, sahifasini maqbara va masjid bilan ko‘rsatib qarmoq tashlab o‘tirganlar ko‘pi fitnachilar. Ana shu agent fitnachilar musulmonlarni yomonotliq qilishga, adashgan yoshlarni o‘z tuzog‘iga ilintirib uz karera va mansab, yulduz va harom mukofot olish uchun “rezultatga” tiqib yuborishmoqchi. Tahdidni aqidaparast guruhlardan emas, qashshoqlik, ishsio‘lik va nochorlikdan radikallashib nafrati oshib borayotgan xalqdan kutsin hukumat!

Doniyor Pulatov: Bu tahdid real bo'lishi mumkin deb o'ylayman. Birinchidan, bizda dinni o'rganish uchun sharoit mutlaqo yetarli emas. Bolalarga yoshligidanoq diniy ta'lim berish kerak, toki ularning ongida din haqida to'g'ri tasavvur shakllansin. Masalan, ta'til paytlarida masjidlarda maktab va litsey/kollej o'quvchilari uchun qisqa kurslar tashkil etsa bo'ladi-ku. Shunda hech qanday hujra-pujralarga ham ehtiyoj qolmaydi. Dindan uzoq ulg'aygan bola musulmonchilikni o'rganaman deb ekstremist guruhga qo'shilib qolishi hech gap emas. Ikkinchi sabab – qashshoqlik va jamiyatdagi adolatsizlik. Ko'pincha qashshoqlashgan odamning dinga nisbatan moyilligi ortadi, Xudodan umid qila boshlaydi. Ustiga-ustak, jamiyatda adolatsizliklarga duch kelaversa, bu moyillik yanada ortadi. Xuddi shu asnoda ekstremist guruhlarning balandparvoz gaplari, va'dalari bu odam uchun yechimdek ko'rinadi. Xullas, qashshoqlik ham ekstremizmning urchishiga olib keladi.

Ozodbek Aliyev: Ben Den,fikringizga kushilaman,xech kanaka taxdid yuk,xamma voxima karimovni kurkokligi natijasida uzi sun‘iy ravishda keltirib chikarmokda,tushida xam sokolli terroristlarni kurib kurkib chiksa kerak,Xalkga esa shunday fikr berib,zaxarlarb kuyganki,guyoki butun dunyoda urush ketyaptiyu,bitta uzbekistonda tinchlik,uzini tinchlik raxnamosi,kilib kursatmokda,ayrim mankurtlar esa,tinchligmizni saklab turibdi deb chapak chalib yuribdilar,Ishid kabi guruxlarni baxona kilib,diniy motivlar bilan kamalganlarga zulmni yanada kuchaytirmokda...

Mahmudjon Ogli Ummatov: Nima bulsa xam biz Uzbekistonni ikkinchi Suriya bulishini xoxlamaymiz

Azizbek Niyazov: Faraz kilinglar, kreditorlar AKShdan uz pullarini kaytarishini surasa - xammaga ma‘lum, AKSh ning tashki karzi 18 trln dollarga teng - (1 yilning byudjeti esa 14 trln dollar) shuning uchun dunedagi eng kashshok davlat - bu Amerika Kushma Shtatlari. Misol uchun, Uzbekiston xech kimga karzdor emas! Kredit olgan takdirda xam - Shveytsariya bankida kafolat sifatida un baravar kup mikdorida davlat oltin zaxiralari saklanmokda!

Husniddin Mamajonov: Alloo, qanaqa AQW? Botta Ozb haqida gap ketyabtiyu. Kegin bilmasdan gapirib nima qilas? Kim etdi qarzi yo'q dib?

Azizbek Niyazov: Albatta, O'zbekiston haqida! Shuning uchun, oddiy misol bilan man isbodladimki - O'zbekiston, mazkur maqolada aytgandek qashshoq emas, va kerak bo'lsa, AQSHdan ham boy!!! Shuning uchun Britaniya ham boshqa g'arb davlatlari singari tinchligimizni ko'raolmaydi va Ukraina, Suriya kabi ichki nizolar keltirish maqsadida shunday maqolalar chop etadi!!!

Ali Khan: Bundan ortik safsatani eshitmaganman

Doniyor Pulatov: Azizbek Niyazov, tush tugadi, uyg'onaqoling endi.

Dilmurod Abdurahimov: Uyg‘onganlar! Oiladagi muammoni qo‘shni yoki narigi mahalla odamlari kelib hal qilib berishiga ishonadigan uyg‘oqlar! Bir g‘isht qo‘ying tinchlik uchun! Kimga kerak qashshoqmizmi yo‘qmi - bu yerda safsata sotishni?! ...

Shekspir Uzbek: Azizbek Niyazov osmondan tushmadingizmi siz? Karzi yuk bulsa, yarim axolisi chet elda mardikorchilik kilib yuribdiku? Chorak asr utdi, tirnokday uzgarish buldimi?

Ali Khan: Yana usha tor karashdagi safsata. Xukumatni tankid kilsang, uzlaricha utirvolib sani xoinga chikarishadi kaltafaxm xukumatparastlar. 300mlndan ortik axoliga ega AKShda axolining deyarli yarmi xozirgi xukumatdan norozi. Nima ulani xammasi xoinmi?! Undan keyin, 16trln YaIMga ega dunyoning birinchi iktisodini YaIM 62mlrd bulgan Uzbekiston bilan solishtirishni uzi eng katta safsata. AKSh yarim asrdan beri katta mikdorda karz berib, karz oladi. Chunki usha karzni tulashga kurbi yetadi. Chunki ulada yukori texnogologiyalar va eng yirik bozor bor. Bizda nima koldi? Bizda xukumatni iktisodiy siyosati inkirozga yuz tutish arafasida. Ammo uzlari buni tan olmaydi. Toki axvol unglab bulmas darajaga yetmaguncha.

Ibragim Abdurakhmanov: Karzi bormi yukmi xech kim Tashkaridan kelib tolamaydi Ayniksa AKSh Menimcha xar kanday xolatia TINChLIKKA urgu berish kk Ayniksa xozirgi payit Davlat xar bir tolov ni anik reja va kafolat bn oladi Lekin dunedagi krizis Kushni davlatlar ga tasirini kusatishi oyna day ravshan Osiye Yevroppa AKSh Xammasi buni tan olgan Tarixdagi barcha urish va revolyutsiyalar xammasi fakat iktisodiy foydaga karatilgan bb Atroflagi xolatlar xam bundan xoli Emas Davlat ichki va tashki iksodiy siyesati fakat uzini ichki ishi Bizdagi bazi bir muttaxam lar foyda topishi va kilgan jinoyatlarni Yashirishni yuli Fakat Siyesiy uzgarish bb Ular Tashkaridan kuch kidishadi FAKAT saylov va konstitutsiya orkali Yul tutish shart Bolmasam bu kunlar xolva boladi anik

Odnoklassniki BBCUZBEK guruhidan

Uk Ilon: Ovora bulishmasin Uzbekistan vatanimizni bizdek mart Jasur xalkini prizidentini ota onasi yakinlarini sunggi nafasi kolguncha ximoya kiladigon farzandlari bor.Shunday ekan musulmon dinini uzlaringga nikob kilib olib dunyoda musulmon dinini sharmanda kilishma Vatan furushlar

ya toje prostoy chelovek: Xozirgi kunda Uzbekistonda, xatto dinini maxkam ushlab ibodat qilgan musulmonniyam, vaxobiy terorist, teror guruxlarga aloqasi bor deb 5 6ta tuxmatlardi qushib, opkirib tiqib quyishyabti. Undan tashqari ular xali beri uzbga kirib kelalmedi, bu gaplardi kup eshitdik, xali afg‘oniston turibdi, afg‘onistonni esa butunlay berib quyish niyat yuqligidan, bazi davlatlar xaligacha afg‘on xukumatga yordam berib kelyabti

S T R Ye L E Ts: Kandaydir radikal guruxlar- tolibonmi, UIXmi, IDmi 4-5 ming kishilik jangarisi bilan, boringki 10 ming jangarisi bilan mustakil armiyasiga ega bulgan Uzbekistonday davlatga taxdid kilishi, bostirib kirib xozirgi mavjud tuzumni uzgartira olishiga ishonish axmoklikdan uzga narsa emas. Real taxdid chetdan emas, ichkaridan, chunki xukumat bilan xalk orasidagi jarlik borgan sari kengayib boryapti. Nazarimda xukumat xalkni ximoya kilish bilan birga uzini xalkdan ximoya xam kilyapti.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq