Qozoq ulamolari: "Begona erkakdan sun‘iy urug‘lantirish - zino"

Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasining ulamolar kengashi donor yoki begona erkakning maniysi yordamida sun‘iy urug‘lantirishga qarshi fatvo chiqargan.

Diniy boshqarmaning rasmiy websayti - muftyat.kz da e‘lon qilingan fatvoda bepusht er-xotinlarning sun‘iy urug‘lantirish yo‘li bilan farzandli bo‘lishlariga ruxsat etiladi.

Fatvoni sharhlagan diniy boshqarma Shariat va fatvo bo‘limi boshlig‘i Bourjon Alio‘lining so‘zlariga ko‘ra, muslima ayolning donor erkak maniysidan istifoda etishi "zino" hisoblanadi.

Fatvoda aytilishicha, agar sun‘iy urug‘lantirish erning maniysi va xotinning tuxumhujayrasini ayol bachadoniga joylashtirish orqali amalga oshirilsa, shariat bu usulga ruxsat beradi.

Ammo boshqa erkakning maniysi yordamida amalga oshirilgan sun‘iy urug‘lantirish "zino sanaladi va shariatga ziddir".

Boshqa erkakning spermotozoidini sotib olish yo‘li bilan sun‘iy urug‘lantirish usuli Ovro‘poda keng tarqalgan.

Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi bu usul Islomga mutlaqo zid ekanini urg‘ulagan.

Muftiyatning izoh berishicha, Qozog‘istonda har beshinchi oila farzand ko‘rmaydi, shuning uchun ham ular tibbiyot yordamida sun‘iy urug‘lantirish usuliga bosh uradilar.

"Bu jamiyatimizning dolzarb muammolaridan biri", deyiladi muftiyat sharhida.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio