Vimpelcom sobiq rahbari hibsdan ozod qilindi

Image copyright screenshot

O‘zbekistondagi korruptsiyaga aloqadorlik gumoni bilan Norvegiyada qo‘lga olingan Vimpelcom shirkati sobiq rahbari Jo Lunder ozod etilgan.

Appelyatsiya mahkamasi ana shunday qaror qabul qilgan.

Vimpelcom Ltd. sobiq bosh direktori Jo Lunder 5 noyabr kuni Oslo aeroportida hibsga oligan edi.

Keyingi kuni janob Lunder ustidan o‘tgan mahkama uning korruptsiyaga aloqadorligini isbotlaydigan kuchli dalil yo‘q deb aytgan, ammo hibsda ushlab turishga qaror qilgandi.

Norvegiyaning Iqtisodiy va ekologik jinoyatlarni tergov qilish bo‘yicha milliy agentlik Jo Lunderning ozod qilinishga qarshilik bildirmagan.

Agentlikka ko‘ra, janob Lunderga bog‘liq tergov boshqa mamlakatlar rasmiylari bilan birgalikda davom ettiriladi.

Bu tergov O‘zbekiston telekommunikatsiya bozoridagi korruptsiya mojarosi bilan bog‘liq.

O‘zbekiston mobil aloqa bozoriga kirish uchun pora berganlar, degan gumon bilan tekshirishlar ayni paytda Shvetsiya, Norvegiya, Hollandiya, Shveytsariya va AQShda davom etayapti.

Ana shu tergov doirasida AQSh mahkamasi 2015 yil iyulida Vimpelcom va Rossiyaning MTS shirkatiga tegishli 300 dollar mablag‘ni muzlatishga qaror qildi.

Tergov materiallariga ko‘ra, bu mablag‘ O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovga yaqin shaxsga berilgan poralarni "yuvish" maqsadida qilingan xalqaro til biriktiruvga bog‘liqligi bor.

AQSh Adliya vazirligiga ko‘ra, Vimpelcom va MTS O‘zbekiston mobil aloqa bozoriga kirish va "qudratli bir shaxsning himoyasini qo‘lga kiritish" maqsadida 2004-2011 yillar orasida pora berganlar.

Soxta shirkatlarga bir yarim milliard dollardan ortiq pul o‘tkazganlar.

Xorijiy ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, bu shaxs Prezident Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova bo‘lgan.

Shvetsiyaning Teliasonera shirkatini ham O‘zbek mobil aloqa bozoriga kirish uchun Gulnora Karimovaga pora berishda ayblashgan, bu borada tekshiruv davom etmoqda.

Norvegiyaning Telenor mobil shirkati Vimpelcomning 33 foiz aktsiyalari sohibi hisoblanadi, Vimpelcom ustidan kechayotgan mojaro Telenor rahbarlari ham iste‘fo berishlariga to‘g‘ri keldi.

Vimpelcom Ltd. xoldingi tarkibiga Rossiyaning "Vympelkom" shirkati kiradi.

"Vympelkom" "Bilayn" brendi ostida mobil aloqa xizmatini ko‘rsatadi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Your contact details
Disclaimer

Bu mavzuda batafsilroq