Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Dunyodagi eng qimmat olmos yetti yashar qizchaga nasib etdi

Jenevada "Sotheby's" kimoshdi savdo uyining bolg‘achasi ostidan rekord - $48.4 million dollarga ketgan moviy olmosni gongkonglik milliarder Jozef Lau o‘zining qizchasiga sotib olib berdi.

Yostiqcha shaklida sayqal berilib, uzukka ham o‘rnatilgan 12.03 karat olmosni milliarder Lau allaqachon qizchasining sharafiga "Jozefinaning moviy olmosi", deb ham nomlagan.

"Sotheby's" kimoshdi savdo uyining aytishicha, shu paytgacha biror bir rangdagi olmosni buncha katta pulga sotishmagan.

Ammo, shunda ham, xabarlarga ko‘ra, bu - yetti yashar Jozefinaga boyvachcha otasi olib bergan ilk qimmatbaho olmos emas.

Rekord summaga sotilgan "Jozefinaning moviy olmosi"ni siz ham tomosha qiling:

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio