"Frantsiya IDni yo‘q qilishga bel bog‘lagan"

Image copyright EPA
Image caption "Islomiy davlat"ni yo‘q qilamiz...

Frantsiya prezidenti Fransua Ollandga ko‘ra, uning mamlakati o‘zini "Islomiy davlat" deb ataydigan guruhni yo‘q qilishga bel bog‘lagan.

U konstitutsiyaga o‘zgaririshlar va favqulodda vaziyat muddatini yana uch oy cho‘zishga doir qonun loyihasini taqdim qilishini aytgan.

Shuningdek, Frantsiyaning Iroq va Suriyada "Islomiy davlat" deb ataluvchi guruhga qarshi harbiy amaliyotlari kuchaytiriladi.

Frantsiya Bosh vaziri Manuel Valsga ko‘ra, Parijga jangarilarning hujumlari Suriyada rejalangan va tashkillashtirilgan.

Uning ishonishicha, Frantsiya va boshqa Ovro‘po davlatlarida ham yangi terror hujumlari rejalashtirilmoqda.

Dushanba kuni Vals janoblariga ko‘ra, Frantsiya bo‘ylab jangarilikda shubhalangan shaxslarni topish uchun 170ga yaqin reyd uyushtirilgan.

Hozirga qadar 23 kishi hibsga olingan, o‘nlab qurol-yaroq musodara etilgan.

Parijdagi hujumlar chog‘i 129 inson qurbon bo‘lgan edi.

Frantsiya va boshqa qator mamlakatlarda bugun bir daqiqalik xotira sukuti saqlangan.

Islomchi guruh hujumlari ortidan yirik qidiruv amallari yo‘lga qo‘yilgan.

Politsiya Bryusselda tug‘ilgan 26 yashar Saloh Abdusalomni asosiy shubhalanuvchi deb e‘lon qilgan.

Xabarlarga ko‘ra, u hujumlardan avval politsiya tomonidan to‘xtatilib, keyin qo‘yib yuborilgan.

Ayni paytda Frantsiya harbiy uchoqlari o‘zini “Islomiy davlat” deb ataydigan guruhning Raqqadagi qarorgohini bombalagan.

ID Parijdagi hujumlar uchun mas‘uliyatni o‘z zimmasiga olib bayonot bergan edi.

Janob Valsga ko‘ra, Frantsiya alohida terrorchi guruh emas, balki “terrorchi armiya” bilan ro‘para kelgan.

Image copyright Police Nationale
Image caption Asosiy shubhalanuvchilardan biri - Saloh Abdusalom

Parij hujumlarida shubhalanganlar:

Saloh Abdusalom, 26 yosh – politsiya zudlik bilan qidiruvni boshlagan

Muhammad Abdusalom – Belgiyada hibsga olingan

Brahim Abdusalom, 31 yosh – Bataklan kontsert saroyida qurbon bo‘lgan

Umar Ismoil Mostefay, 29 yosh, Parij yaqinidan – Bataklanda o‘lgan

Bilol Hadfi, 20 yosh - Stade de France stadionida o‘lgan

Yana to‘rt jangari hujumlar sahnida qurbon bo‘lgan

Siz Parijdamisiz? O‘z munosabatingizni bildirmoqchi bo‘lsangiz, biz bilan bog‘laning.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq