Parij: "Hujumchi mashina"da qurollar topildi

Parij hujumchilari tashlab ketgani ishonilgan mashinada bir necha Kalashnikov avtomatlari va o‘qlar topilgan. Bu haqida Frantsiya adliya vazirligi xabar tarqatdi.

Liberation gazetasiga ko‘ra, politsiya uchta avtomat bilan birga beshta to‘la o‘qdon va 11ta bo‘sh o‘qdonni topishgan.

Qora Seat yakshanba kuni Parij sharqidagi Montrey mavzesida topilgan.

Bu topilma ba‘zi hujumchilar hali ham ozodlikda degan xavotirlarga sabab bo‘lmoqda.

Politsiyaga ko‘ra, qora Seat juma kuni restoranda ovqatlanayotgan odamlarga qarshi qilingan hujumda qo‘llanilgan.

Farazlarga binoan, Seatni tashlab qochgan hujumchilar boshqa mashinada Belgiyaga yo‘l olgan bo‘lishlari mumkin.

Image copyright AFP

Frantsiya matbuoti Parij hujumchilarining ikki nafari belgiyalik bo‘lishganini xabar qilgan.

Shanba kuni Bryusselga yaqin Molenbek shahrida besh kishi hibsga olingandi.

Bataklan kontsert zali yaqinida Belgiya nomerlariga ega Folksvagen Polo mashinasi ham topilgan.

Bosh prokuraturaga ko‘ra, mashinani Belgiyada yashab kelgan Frantsiya fuqarosi ijaraga olgan bo‘lgan.

Xabarlarga ko‘ra, bu shaxs hali qo‘lga olinmagan.

Parijdagi hujumlarda hudkushchi hujumchilar belbog‘lari ishga solingani yangi xavotirlarga sabab bo‘lgan.

Frantsiya xavfsizlik xizmatlarining sobiq xodimining Agence France-Pressga aytishicha, bu kabi belbog‘ yo kamzullarni faqat o‘q-dori mutaxassisi yasashi mumkin. "Ishonchli va samarali portlovchi moddani ham ham yasay olmaydi", - deb aytgan u.

Siz Parijdamisiz? O‘z munosabatingizni bildirmoqchi bo‘lsangiz, biz bilan bog‘laning.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio