Parijdagi xonadon reydida ikki kishi halok bo‘ldi

Image copyright AFP

Parij politsiyasi juma kungi hujumlarni uyushtirishda shubha qilingan shaxs yashiringani ishonilgan xonadonga yetti soatlik reyd o‘tkazishi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan.

Bir ayol o‘zini hudkushlik belbog‘i bilan portlatib yuborgan, boshqa gumondor esa otishmada nobud bo‘lgan. Yetti kishi hibsga olingan.

Ammo, eng asosiy gumondor Abdelhamid Abaudning taqdiri noma‘lumligicha qolmoqda.

Asli marokashlik bo‘lgan Belgiya fuqarosi Abaud avvaliga juma hujumlarini Suriyadan boshqargani aytilgandi, ammo prokuraturaga ko‘ra, u Parijda.

Image copyright AP

Frantsiya hukumati hujumlarda o‘lgan 129 qurbonlarning barchasining shaxsini aniqlaganini bildirdi.

Reyd mahalliy vaqt bilan soat 04:20da Parij shimolidagi San Deni mavzesida boshlandi. Bu hududda joylashgan stadion yonida juma kuni hudkushlik hujumlari yuz bergandi.

Amaliyot tugashi ortidan gapirgan prokuror Fransua Molen reydga Abaud shu xonadonda ekaniga ishora qilgan telefon suhbatlari va kuzatuvlar asos bo‘lganini aytdi.

Prokurorga ko‘ra, frantsuz televideniyesi Abaudning qarindoshi deb atagan ayol reyd boshlanishidan ko‘p o‘tmay o‘zini portlatib yuborgan.

Image copyright AP

Janob Molenga ko‘ra, boshqa gumondor granatalar va politsiya o‘qlaridan o‘lgan.

Ayni kvartirada yana uch kishi hibsga olingan. Yana ikki nafari yiqilgan devorlar ostida yashirinib yotganda topilgan, ular orasida shu uyni ijaraga bergan shaxs ham bor. Ular ham qo‘lga olinganlar.

"Kim hibsga olinganini aytishning imkoni yo‘q. Ularning shaxsini aniqlash jarayoni ketyapti. Kim kim ekanini aniqlash uchun barcha choralar ko‘riladi", - dedi u.

Amaliyot boshlanar ekan, San Denidagi Republik ko‘chasini askarlarga to‘la yuk mashinalari va qurolli politsiya to‘sib qo‘ygan.

Ichkarida qolishlari buyurilgan mahalliy aholi vakillari muntazam ravishda otishma va portlashlar ovozlarini eshitganlarini aytishdi.

Image copyright Reuters

Juma kuni barlar va restoranlar, kontsert zali va Stad de Frans stadionini nishonga olgan hujumlarda 400dan oshiq odam jarohat oldi, ularning 221 nafari hali ham kasalxonada, 57 nafari reanimatsiyada qolmoqda.

Hujum uchun o‘zini Islomiy Davlat deya ataydigan jangari guruh mas‘uliyatni qabul qilgan.

Ovro‘po davlatlari o‘ta hushyor tortganlar. Seshanba oqshomida Germaniya va Gollandiya o‘rtasidagi o‘rtoqlik futbol matchi bekor qilingan, hamda Air France havo yo‘llarining Parijga uchgan ikki samolyoti bomba tahdidi tufayli zudlik bilan AQShda qo‘nishga majbur bo‘lganlar.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio