Toj Mahalni asrash uchun yana bir qadam

Image copyright AFP

Hindiston Oliy mahkamasi dunyoga mashhur Toj Mahal maqbarasini asrash maqsadida maqbaraga yaqin o‘tin bilan jasad kuydiriladigan marosim joyini ko‘chirishga buyruq bergan.

Krematoriydan chiqayotgan tutun oq marmar tarixiy obida shikast yetkazib kelayotgan bo‘lgan.

Mahkama qarorida aytilishicha, jasad kuyidirilishidan chiqqan tutun Toj Mahalga ziyon yetkazishi mumkin.

Mahkama Uttar-Pradesh shtati rasmiylariga yoki krematoriyni boshqa joyga ko‘chirish yoki elektr krematoriy qurish taklifini bergan.

Inson jasadini kuydirishga ixtisoslashgan tashkilot xodimlari aytishicha, jasad yoqilishidan chiqqan tutun Toj Mahalga zarar yetkazmagan.

Hindular Hindiston aholisining aksarini tashkil etadi, ular olamdan o‘tgan inson jasadini yoqadilar.

Krematoriy xodimlari aytishicha, inson jasadini yoqquncha eritilgan jonivor yog‘i, kofur yog‘i, sandal daraxti o‘tini va mol tezagidan foydalaniladi va bu narsalar atrof-muhitni ifloslantirmaydi.

Uttar-Pradesh shtati hokimiyati tarixiy obidani tutundan asrash g‘oyasini qo‘llab-quvvatlagan.

XVII asrda Boburiy podshoh Shoh Jahon o‘zining suyukli javzasi, 14-farzandini tug‘ayotib hayotdan ko‘z yumgan Mumtoz Mahal xotirasiga bag‘ishlab oq marmardan qasr barpo ettirgan.

Shoh Jahon Toj Mahal ro‘parasida o‘zi uchun qora marmardan yana bir maqbara barpo etishni rejalagan, biroq bu rejasini amalga oshirolmagan.

Dunyo me‘morchiligidagi betakror Toj Mahal 20 yil mobaynida qurilgan va 1653 yili qurilishi bitkazilgan.

1983 yili UNESCO Toj Mahalni Jahon Merosi joyi deb e‘lon qilgan.

Dunyoning yetti mo‘‘jizasidan biri deb ko‘riladigan obidani har yili millionlab sayyohlar borib tomosha qiladilar.

Oxirgi yillarda juda gavjum va sanoat shahri hisoblangan Agra shahridan chiqayotgan tutun va shu yerga yaqin joylashgan neft koni Toj Mahalning oq marmari sarg‘ayishiga olib kelmoqda.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Your contact details
Disclaimer

Bu mavzuda batafsilroq