O‘zbekistonda erkak va ayol teng huquqlimi?

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

BBC Jahon Xizmati ayollarga bag‘ishlangan maxsus dasturlar - "100 ayol" mavsumini boshlagan.

O‘zbek tilida "Ayol bilan munavvar olam" deb nomlagan dasturlarimizda xotin-qizlar, jumladan bugungi o‘zbek jamiyatida ayolning o‘rni, ona, hamshira, o‘qituvchi, paxtakor va olima bo‘lgan o‘zbek ayolining yutuqlari, ular duch kelayotgan xavf-xatar va muammolarga to‘xtalamiz.

O‘zbekiston hukumati mustaqillik yillarida ayollarning erkaklar bilan teng huquqligi masalasiga alohida e‘tibor qaratilganini ta‘kidlab keladi.

Hukumat, aytish mumkinki, ayni maqsadda mintaqadagi boshqa davlatlardan ilgari ketib, hokimiyat vakillik (qonunchilik) organlariga saylovlarda nomzod ko‘rsatishda ayollar uchun 30 foiz o‘rinni kvotalash maxsus tizimini ham joriy etgan.

Rasmiylar mamlakatda xotin-qizlarni kamsitishning barcha turlariga barham berilganini aytib keladilar.

Ammo amalda-chi? Amalda o‘zbek ayoli erkak bilan teng huquqlimi?

Teng huquqlilik o‘zi nimani anglatadi?

Bugungi suhbatdoshimiz birinchi o‘zbek ayol kinotasvirchisi va taniqli fotograf Umida Ahmedova.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio