Erkak va ayol tengmi?

BBCning maxsus hisoblagichiga kiring va mamlakatingizdagi gender tenglik bilan bog‘liq ahvolni dunyoning qolgan davlatlariga solishtiring.

Buning uchun qidiruv bo‘limchasiga mamlakatingiz nomini kiriting.

Dunyo davlatlaridagi gender tenglikning ahvoli Jahon Iqtisodiy Forumi Tashkiloti (WEF) ning hisobotiga asoslangan.

Unda xotin-qizlarning o‘z mamlakatlari siyosiy va iqtisodiy hayotida qanchalik faol ekanliklari o‘rganilgan.

Erkaklar qatori ta‘lim va tibbiy xizmatga imkonlimilar yoki yo‘qliklariga diqqat qilingan.

MANBALAR

Jahon Iqtisodiy Forumi(WEF) Tashkiloti va UNESCOning Statistika Instituti.

METODOLOGIYa

Global gender tenglik indeksini ishlab chiqishda Jahon Iqtisodiy Forumi Tashkiloti o‘nlab omillarni tahlil qilgan.

Erkak va ayollarning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy faollari, ta‘lim, tibbiy muolaja olish va yashab qolish imkoniyatlarini taqqoslab ko‘rgan.

Ammo, shunda ham, davlatlarni o‘zlariga imkonli bo‘lgan manbalar va olishga muvaffaq bo‘lgan ma‘lumotlar asosida ro‘yxatga tizib chiqqan.

Bu esa, boshqa tomondan, badavlat yoki nochor ekaniga qaramay, barcha davlatlardagi gender tenglik bilan bog‘liq vaziyatga bir xil ko‘zda qarashga imkon bergan.

So‘nggisi - Jahon Iqtisodiy Forumi Tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan o‘ninchi hisobot bo‘lgan.

Yangi hisobot dunyoning 145 davlatidagi gender tenglik bilan bog‘liq vaziyatni qamrab olgan.

Erkak va ayollarning daromadlari o‘rtasidagi farq esa, Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkilotining ma‘lumotlariga asoslangan.

Ularning hisob-kitoblari 2010 yildan 2013 yilgacha bo‘lgan oraliqni ko‘zda tutgan.

Erkak va ayollarning daromadlari o‘rtasidagi farqni aniqlashda bu xalqaro tashkilot ularning o‘rtacha tushumlaridan kelib chiqqan.

Ammo, shunda ham, ishda to‘liq band bo‘lgan erkak va ayollarni me‘yor qilib olgan.

Oliy ma‘lumotli erkak va ayollarga oid raqamlar esa, UNESCOning Statistika Instituti tomonidan taqdim etilgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio