"Ayol etagida payg‘ambarlar katta bo‘lgan"

BBC Jahon xizmati ayollarga bag‘ishlangan maxsus dasturlar - "100 ayol" mavsumini boshlagan.

O‘zbek tilida "Ayol bilan munavvar olam" deb nomlagan dasturlarimizda xotin-qizlar, jumladan bugungi O‘zbek jamiyatida ayolning o‘rni, ona, hamshira, o‘qituvchi, paxtakor va olima bo‘lgan o‘zbek ayolining yutuqlari, ular duch kelayotgan xavf-xatar va muammolarga to‘xtalamiz.

84 yoshdagi mashhur navoiyshunos olima Suyuma G‘aniyeva ulug‘ yoshga kirganiga qaramasdan, ilmiy sohada tadqiqot olib boradi.

Suyuma opaning aytishicha, Hazrat Mir Alisher Navoiyning ijodi bilan shug‘ullanishiga mumtoz adabiyotga bo‘lgan muhabbat turtki bo‘lgan.

"Bu oddiy muhabbat emas, bu zahmatkash olimaning fidoiyligi, mehnati"dir.

Shu yil Suyuma G‘aniyeva "O‘zbekiston Qahramoni" unvoni bilan taqdirlandi.

Suyuma opa ayol olima oldida turgan mushkulliklar va muamollar haqida so‘zlar ekan, "har kim o‘zi tanlagan sohasiga nihoyat darajada fidoiy bo‘lishi kerak" degan fikr bildirdi.

Haqiqiy ayol fazilatlari borasida gapirar ekan, Suyuma opa yaqinda 100 yilligi nishonlangan O‘zbekiston Xalq shoirasi Zulfiya hayotini misol sifatida keltiradi.

"Zulfiya opamning ijodkorligi, Zulfiya opamning yaxshi ona bo‘lganlari, ayollar jurnaliga rahbarlik qilganlari, atrofdagi shoiralarga bo‘lgan munosabati" va "ayolga xos bo‘lgan mehru-muhabbat va sadoqat" bularning bari hamisha Suyuma G‘aniyevaning xotirasida saqlangan.

Ayollarning teng huquqligiga oid savolga, Suyuma opa Eronga qilgan safarlari chog‘ida quyidagi satrlarga ahamiyat berib, ularni o‘zbek tiliga tarjima qilganini aytdi:

"Ayolning etagida payg‘ambarlar katta bo‘lgan,

Ayollar bo‘lmasa bashariyat bo‘lmasdi..."

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq