"Dorilarga chidamli bakteriya tibbiyot uchun katta tahdid"

Image copyright

Olimlar dunyo "antibiotiklardan keyingi davr" arafasida deya ogohlantirishmoqda.

Mazkur ogohlantirish Xitoyda dorilarga chidamli bakteriya topilishi ortidan yangicha ohangda yangramoqda.

Mutaxassislarga ko‘ra, bakteriya xitoylik bemorlar uchun oxirgi chora sanalagan kollistinni ham "pisand qilmagan".

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti voizi Liz Tayler dorilarga shu qadar chidamli virusning global miqyosda tarqalishi ehtimolidan xavotir bildiradi.

Liz Taylerning aytishicha, Xitoyda odamlar va chorva mollarida aniqlangan bakteriya juda osonlik bilan yuqadi.

Uning ta‘kidlashicha, bakteriya allaqachon Malayziyada ham topilgan.

Ekspertlar ushbu xatarli holat dunyoni hushyorlikka chaqirishi kerak, deya bong urmoqdalar.

Olimlar xavotirlariga ko‘ra, bakteriyaning muolajaga mutlaq bo‘ysunmas shaklga kirishi tibbiyotni ibtidoiy davrga qaytarishi mumkin.

Bundayin vaziyatda antibiotiklarga suyaniladigan jarrohlik va saratonni davolash amaliyotlari tahdid ostida qoladi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio