O‘zbek ayollari ko‘krak saratonidan qanchalik xabardor?

Image copyright .
Image caption O‘zbekistonda ko‘krak saratonini aniqlaydigan raqamli mammograf jihozlar yetishmaydi

BBC Jahon Xizmati ayollarga bag‘ishlangan maxsus dasturlar - "100 ayol" mavsumini boshlagan.

O‘zbek tilida "Ayol bilan munavvar olam" deb nomlagan dasturlarimizda xotin-qizlar, jumladan bugungi o‘zbek jamiyatida ayolning o‘rni, ona, hamshira, o‘qituvchi, paxtakor va olima bo‘lgan o‘zbek ayolining yutuqlari, ular duch kelayotgan xavf-xatar va muammolarga to‘xtalamiz.

Bugun dunyoda ayollar salomatligiga tahdid solayotgan eng asosiy xastaliklardan biri, bu ko‘krak saratonidir. Har yili dunyoda bir yarim milliondan ortiq ayolga ko‘krak saratoni tashxisi qo‘yiladi.

Toshkentdan tibbiyot fanlari doktori, professor Dilobar Mirrahimovaning aytishicha, O‘zbekistonda bu borada rasmiy ko‘rsatkichlar yo‘q, ammo mutaxassislar ko‘krak saratoniga chalingan ayollar soni yildan-yilga oshib borayotganini qayd etishmoqda.

"Bizda bu borada statistik ma‘lumotlar yo‘q. Ammo shunga qaramasdan, bizning ayollarimiz orasida ham bu xastalik yil sayin oshib bormoqda", - deydi shifokor.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistondagi davlat shifoxonalarida ko‘krak saratonini rentgen nurlari yordamida aniqlaydigan mammograf jihozlar yetishmaydi va ayollarning ko‘pchiligi tashxis uchun xususiy shifoxonalarga murojaat qilishlari kerak bo‘ladi.

"Jahon sog‘liq tashkilotining ko‘rsatkichlari bo‘yicha, har bir million aholiga davlat 16 ta raqamli mammograf jihozni ta‘minlab berishi kerak. Ammo bizda bu jihozlar davlat tibbiy muassasalari emas, balki xususiy tibbiy muassasalarda jamlangan. Hozirda Toshkent shahrida 5 ta raqamli mammograf apparati faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning hammasi ana shu xususiy klinikalarda joylashgan", - deydi Dilobar Mirrahimova.

Mutaxassisning qayd etishicha, O‘zbekistonda so‘nggi yillarda ko‘krak bezi saratoni profilaktikasiga ko‘proq e‘tibor qaratilmoqda.

Suhbatni tinglang:

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio