Rossiya uchuvchisi: "Turkiya bizni ogohlantirmadi"

Image copyright

Rossiyaning Turkiya tomonidan urib tushirilgan Su-24 bombachi uchog‘ining shturmani, harbiy uchuvchi Konstantin Muraxtin o‘z samolyoti Turkiya havo sarhadlariga kirmaganini aytdi.

"Yo‘q, buning bir soniyaga ham yuz berganini men istisno qilaman. Undan tashqari, biz 6 ming metr balandlikda uchayotgandik, havo ochiq edi. Portlashgacha butun parvozni o‘zim boshqardim", - dedi uchuvchi Rossiya 1 telekanali efirida.

Muraxtinning aytishicha, u erda ular bir necha bor harbiy parvozlarni qilishgan va bu hududni o‘zlarining "besh barmog‘i"dek bilishgan.

"Harbiy vazifalarni bajarib, orqa marshrut bo‘yicha havo bazasiga qaytar edik. Shturman sifatida menga u erdagi har bir balandlik tanish. Men hatto jihozlarsiz u erda yo‘limni topa olaman", - dedi u.

Rossiyalik shturmanning aytishicha, Turkiya tomonidan havo hududining buzilgani bo‘yicha bironta ham ogohlantirish bo‘lmagan, raketa esa uchoq dumiga to‘satdan kelib urilgan va ekipajda unga chap berishga imkon bo‘lmagan.

Rossiyaning Su-24 bombardirovщigi Suriya-Turkiya chegarasida seshanba kuni urib tushirilgan. Turkiya tomoni rus uchuvchilarini bir necha bor ogohlantirganini aytgan.

Uchuvchilar katapult amalga oshirganlar, ammo ekipaj qo‘mondoni Oleg Peshkov parashyutda erga tushayotganida erdan otilgan o‘qdan o‘lgan.

Shturman Konstantin Muraxtin parashyutda erga tushishga muvaffaq bo‘lgan va Suriya hukumati harbiylariga etib olgan.

Qidiruv ishlari chog‘ida Rossiya armiyasining Mi-8 vertolyoti urib tushirilgan. Uning uchuvchisi Aleksandr Pozynich halok bo‘lgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz -telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio