Tunisda portlash 13 kishini o‘ldirdi

Image copyright EPA

Tunis poytaxtida prezident qo‘riqchilarini olib ketayotgan avtobus portlashga uchrashi oqibatida kamida 13 kishi halok bo‘ldi.

Prezident Beji Qaid Essebsi hujum ortidan 30 kunlik favqulodda holatni o‘rnatdi. Poytaxt Tunisda kommendantlik soati o‘rnatilgan.

Hali bironta guruh hujum uchun mas’uliyatni o‘z bo‘yniga olgani yo‘q.

Tunis Islomiy Davlat jangari guruhining nishoniga aylangan bo‘lib, iyun oyida Sus kurort shahrida IDning qurolli hujumchilari 38 kishini o‘ldirishgandi.

Portlash prezident qo‘riqchilari olib ketiladigan avtobus bekatida yuz bergan.

Portlashga aynan nima sabab bo‘lgani noaniq, biroq bir manbaning Reyters agentligiga aytishicha, hudkush hujumchi bombani avtobusning ichida portlatgan bo‘lishi mumkin.

Armiya mamlakatning chekka hududlarida jangarilar bilan to‘qnashib turadi, ammo harbiylar ilk bora poytaxtda bu kabi hujumga uchrashmoqda.

Tunis eng ko‘p sonli jihodchilarni etishtirgan mamlakat hisoblanadi. Hukumatga ko‘ra, uning 3000dan ortiq fuqarolari Iroq va Suriyada jang qilishmoqda.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz -telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio