Turkman ashulasi Ginnesga kirdi

Image copyright none
Image caption "Olg`a, faqat olg`a" ashulasi o`tov shakildagi konsert zalida ijro etilgan.

Jarroh, chavandoz, bastakor, didjey va xonanda...

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov yoki Orqatog‘ (Arkadag) janoblarining iste‘dodlari uzun ro‘yxatga jo bo‘ladi.

O‘z shaxsiga sig‘inishni kuchaytirib, marhum Turkmanboshini sekin-asta siqib chiqarayotgan Orqatog‘, nihoyat, Ginnesning rekordlar kitobiga ham kirishga ulgurdi.

U yozgan "Olg‘a, faqat olg‘a" ashulasi 4 ming kishi ishtirokida jo‘r bo‘lib kuylarkan, eng ko‘p ashulachi baravar aytgan qo‘shiq sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi.

Ashula ulkan turkman o‘tovi shaklida tiklangan kontsert zalida ijro etilgan.

Bu - Turkmaniston davlat rahbarini olqishlash yo‘lidagi ommmaviy tadbirlarning oxirgisi. Hozircha.

Aslida oktyabrning 27 kuni, ya‘ni Turkmaniston mustaqilligi ayyomida kuylangan ashula insonlarda vatanparvarlik kayfiyatlarini kuchaytirishni maqsad qilgan.

Biroq ishtirokchilar qo‘llarida prezidentning suratlarini ko‘tarib olganlar.

Yomg‘irdan qutulib do‘lga...

Turkmanboshi shaxsiga sig‘inish o‘z davrida misli ko‘rilmagan cho‘qqilarga chiqqandi. Ammo endi Prezident Berdimuhammedov mamlakat va xalqni o‘z shaxsiga sig‘intirish yo‘lida ulkan harakatlarni boshlab yuborgan.

Ashxoboddagi ulkan qoya ustida o‘ziga oltin bilan hallangan haykal o‘rnatdi.

Ot poygalarida ham doimo g‘alaba qozonadi.

Bir necha yil oldingi poygada yiqilib tushganini aytmasa, Turkmaniston prezidenti har bir iste‘dodini "a‘lo darajada" namoyish etib keladi.

Asli tish doktori bo‘lsa ham, telekamera o‘nggida saratonga chalingan bemor ustida jarrohlik amaliyoti o‘tkazdi.

Image caption Trukmaniston prezidenti: Chavandoz, jarroh, xonanda, yozuvchi, poygachi...

2006 yili marhum Turkmanboshi o‘rniga kelgan Orqatog‘ 3 yil oldingi saylovda 97% ovoz bilan ikkinchi muhlatga saylangan.

Turkmanboshi internetni qariyb taqiqlagan, tsirk va baletni ma‘n etgan va o‘rta ta‘limni cheklab, hatto oy nomlarini o‘z qarindoshlari oti bilan atagandi.

Shu bois yangi prezident Turkmanistonni dunyoga biroz ochadi, degan umidlar katta edi.

To‘g‘ri, janob Berdimuhammedov marhum Turkmanboshi o‘z qarindoshlari nomi bilan atagan oy nomlarini yana qayta tikladi, boshlang‘ich ta‘limdagi cheklovlarni olib tashladi, taqiqlangan ayrim san‘at turlariga izn berdi.

Ammo Turkmaniston hamon dunyodagi eng yopiq va zulmkor davlatlardan biri bo‘lib qolmoqda.

Odamlarning xorijga chiqishi qattiq nazoratga olingan, yakkam-dukkam ochilgan internet kafelariga faqat pasport bilan kirish mumkin.

Hukumatni tanqid qilish mumkin emas. Muxolifat vakillari, jurnalist va faollar hamon qamoqda yoki muhojiratda qolmoqda.

Mamlakatga borib kelgan sayyohlarga ko‘ra, milliy ozchiliklar ham faqat turkman liboslarini kiyishlari shart.

Би-би-си Ўзбек хизмати билан Whatsapp, Telegram ва Viber орқали боғланишни истасангиз, телефонимиз: +44 78-58-86-00-02.

ТЕЛЕГРАМДА ЭСА каналимиз -telegram.me/bbcuzbek ёки BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq