Gitlerning kitobi qayta chop etiladi

Image copyright AFP
Image caption "Mein Kampf" ilk bor 1925 yilda chop etilgan

Olmoniyada Adolf Gitlerning "Meyn Kampf" ("Mening kurashim") asari tarixchilarning tanqidiy izohlari bilan birga kelasi oy qayta nashr etiladi.

Bu kitobning Ikkinchi jahon urushidan buyon birinchi marta nashr etilishi bo‘ladi.

Myunxendagi Zamonaviy tarix institutiga ko‘ra, 4000 nusxada chop etilishi kutilayotgan kitob 3500 tacha izohni o‘z ichiga oladi.

Institut direktori Andreas Virshingning aytishicha, ekspertlarning sharhlari kitob atrofidagi "afsona"ni yo‘qqa chiqaradi.

Ammo "Meyn Kampf"ni nashr etish qarori yahudiy tashkilotlari tomonidan tanqid qilinmoqda.

Ularga ko‘ra, natsistlarga tegishli asarlar hech qachon qayta chop etilmasligi kerak.

"Mein Kampf" ilk bor Gitler hokimiyatga kelishidan sakkiz yil avval - 1925 yilda nashr etilgandi.

1945 yilda natsistlar Olmoniyasi mag‘lub etilganidan so‘ng ittifoqchilar kitobning mualliflik huquqini Bavariyaga berishgan.

Mahalliy rasmiylar adovat qo‘zg‘ashning oldini olish maqsadida kitobning qayta nashriga ruxsat bermay kelishayotgandi.

Olmoniyadagi qonunlarga muvofiq, mualliflik huquqi 70 yilgacha amal qiladi.

Kelasi yil yanvaridan e‘tiboran noshirlar kitobning asl matnidan bepul foydalanishlari mumkin.

Ayni paytda neonatsist ehtiroslarning yoyilishidan xavotirda bo‘lgan Olmoniya rasmiylari kitobning tarqalishini cheklashmoqchi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz -telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio