"Kaliforniyadagi hujum sabablari aniq emas"

Image copyright ABC News
Image caption Hujumchilardan biri - Sayid Rizvon Faruk

AQSh politsiyasi 14 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan hujum ortida qanday maqsadlar yotganini tekshirmoqda.

Bir erkak va ayol ijtimoiy xizmat markaziga hujum qilgandi.

Hujumchilar 28 yoshli Sayid Rizvon Faruk va 27 yoshli Tashfin Malik ekani aytilgan.

Ikkovlon politsiya bilan otishmada o‘ldirilgan.

Prezident Obamaga ko‘ra, Amerikada bu kabi ommaviy otishmani uyushtirish "juda oson ish" bo‘lib qolgan.

Uning aytishicha, so‘nggi hujum terrorchilikka aloqador bo‘lishi mumkin, ammo bu haqda hali aniq ma‘lumot yo‘q.

Federal Qidiruv Byurosi terrorchilik bilan bir qatorda ish joyidagi norozilik kabi maqsadlarni tekshirmoqda.

Ayni otishma San Bernardinodagi ijtimoiy xizmat markazida ro‘y bergan.

Bu yerda hujumchilardan biri bo‘lmish Faruk ishlagani aytilmoqda.

Ma‘lum bo‘lishicha, Faruk va Malik er-xotin bo‘lishgan.

Ularning olti oylik farzandi bo‘lgani ham aytilmoqda.

Politsiyaga ko‘ra, aftidan ayni hujum avvaldan "ma‘lum bir darajada rejalashtirilgan".

Markazda uchta qo‘lbola portlovchi uskuna ham topilgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz -telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio