Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

"Islomdan chiqdim, chunki..."

Britaniya Sobiq Musulmonlari Kengashi internetda #ExMuslimBecause... yoki "Men Islomdan chiqdim, chunki..." degan kampaniya boshlashgan.

Uch hafta ichidayoq 100 mingdan ziyod sobiq musulmon ne bois Islom dinidan voz kechganini izohlagan.

Bir foydalanuvchi "munofiqlik sababli Islomdan chiqqanini" aytsa, boshqasi "Cho‘chqa go‘shtini yaxshi ko‘rgani uchun" musulmonchilikni tashlaganini urg‘ulaydi.

"Biz musulmonlarga qarshi emasmiz, biz faqat Islom dinidan voz kechish huquqi bo‘lsa ham, amalda bu juda qiyinligini ta‘kidlamoqchimiz" - deydi Sobiq Musulmonlar Kengashi voizi Maryam Namoziy.

Biroq ko‘plab musulmonlarga ko‘ra, mazkur internet amali Islomga qarshi nafratni kuchaytiradi.

Britaniyada istiqomat qiluvchi muslima talaba Sora Zubayr esa ularga qarshi #muslimbecause yoxud "Men musulmonman" degan internet kampaniyasini yo‘lga qo‘ygan.

"Maqsadim - Islom diniga xos tinchliksevarlik, mehr-muhabbat va insoniylikni tarqatish" - deydi Sora Zubayr.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz -telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio