Iroq turk qo‘shinlari ketishini talab qildi

Image copyright AP
Image caption Mosulni Iroq hukumati IShIDdan qaytarib ola olmayapti

Iroq hukumati Mosul shahri yaqiniga yuborilgan Turkiya qo‘shinlarining chiqib ketishlarini talab qildi.

Bosh Vazir Haydar al-Abadi idorasi chiqargan bayonotda bu "Iroq suverenitetining jiddiy yo‘lda buzilishi" deya qoralangan.

Avvalroq chiqqan xabarlarda 150 nafar turk askari Iroq kurd qo‘shinlarini harbiy tayyorlash uchun Bashiqa shahri yaqiniga joylashtirilgani aytilgandi.

Bashiqa yaqinidagi Mosul o‘tgan yildan beri IShID jangarilari nazorati ostidadir.

Bosh vazir bayonoti Turkiyani "yaxshi qo‘shnichilik aloqalarni hurmat qilib, zudlik bilan Iroq hududidan chiqib ketish"ni talab qiladi.

Turkiya Iroqdagi muxtor kurd hududlari bilan yaxshi aloqalar o‘rnatgan, ammo Suriyadagi kurd guruhlarni o‘ziga dushman ko‘radi.

Mosul ishg‘oli IShIDning o‘sishidagi o‘ta muhim hodisa bo‘ldi. Iroq hukumatining Mosulni qaytirish yo‘lidagi harakatlari shu paytgacha muvaffaqiyatsiz kechdi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz -telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio