Rossiyada "ilk IShIDchi" jazosi kuchga kirdi

Image copyright AFP

Rossiyada Islomiy Davlat jangari guruhining a‘zosi deb topilgan ilk shaxsga qarshi jazo kuchga kirdi. Bu haqida xabar tarqatgan rosbalt agentligiga ko‘ra, Moskvadagi yirik avtoservis egasi Tural Ragimov Suriyada IShIDning "Turk uyi" nomli qismi tarkibida jang qilishda aybdor deb topilgan.

Aylovga ko‘ra, Ragimov terrorchilarni moliyalash va yangi jangarilarni yollash uchun Moskvaga qaytgan.

Rosbaltga ko‘ra, Tural Ragimov o‘z aybiga to‘la iqror bo‘lgani, tavba qilgani va tergovchilar bilan hamkorlik qilgani uchun yumshoqroq jazo olgan, ya‘ni to‘rt yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Sudlanuvchi qaror ustidan arz qilmagan.

Xavfsizlik xizmatlari bildirishicha, Ragimov avvaliga Moskvada muvaffaqiyatli tadbirkor bo‘lgan, ammo so‘ngra radikal islomchilar ta‘siriga tushib qolgan.

U o‘z daromadining katta qismini Yaqin Sharqda jang qilayotgan jihodchilarga berishni boshlagan va 2013 yil yozida o‘zi ham jang qilish uchun Suriyaga otlangan.

Ammo, uning IShIDga qo‘shilish yo‘lidagi ilk harakati muvaffaqiyatsiz bo‘lgan. O‘zini Suriyaga o‘tkazishga rozi bo‘lgan odamlar bilan uchrashish uchun Turkiyaga uchmoqchi bo‘lganida, qarzlari tufayli uni aeroportda ushlab qolganlari aytiladi.

Biroq, keyinroq u Minskka, so‘ngra Kiyevga, u yerdan esa Istambulga uchishga muvaffaq bo‘lgan.

Turkiyada u avtobusda Xatay qishlog‘iga yetib olgach, IShIDchilar uni Suriyaning Halab shahrida tashqarisida jangarilarni tayyorlovchi jamloqqa olib borganlar.

Xavfsizlik xizmatlariga ko‘ra, Ragimov Belarus orqali Moskvaga qaytib, yoshlarni Suriyadagi jangga jalb qilish yo‘lidagi amaliyotlarini boshlab yuborgan. O‘z biznesiga xaridor qidirish bilan bir vaqtda u IShID bilan muntazam aloqa qilib turgani va IShIDga pul yuborgani aytiladi.

Ragimov 2014 yil kuzida Moskvada IShIDga aloqador gumondorlarni ushlash bo‘yicha o‘tgan amaliyot chog‘ida qo‘lga olingan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz -telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio