Frantsiya: Uchinchi hujumchi shaxsi aniqlandi

Image copyright AFP
Image caption Uchinchi hujumchi 23 yoshli Faud Muhammad Aggat ekani aytilmoqda

Frantsiya politsiyasi o‘tgan oy Parijdagi Bataklan kontsert zalini nishonga olgan uchinchi hujumchining shaxsini aniqlagan.

Bu haqda ma‘lum qilgan Bosh vazir Manuel Vals hujumchining nomini ochiqlamagan, ammo u ismi sharfini Frantsiya fuqarosi Faud Muhammad Aggat deb keltirayotgan matbuot xabarlarini ham rad qilmagan. 23 yoshli Faud Muhammad Aggat Strasburgdan ekani aytiladi.

Bataklan kontsert zaliga hujumlar 90 insonning umriga zomin bo‘lgandi.

Portlovchi vositalar joylangan nimcha kiygan uchala qurolli ham Frantsiya fuqarolari bo‘lgani tasdiqlandi.

13 noyabr kuni Parij atrofidagi boshqa hujumlarni amalga oshirgan boshqa hujumchilar esa, Frantsiya va Belgiyada o‘sgan ekstremistlar deya qayd qilindi. Hujumlarda jami 130 kishi nobud bo‘lgandi.

Xabar qilinishicha, Muhammad Aggat 2013 yil oxirlarida Suriyaga safar qilgan. Strasburgda radikallashgan yoshlar orasida Muhammad va uning akasi ham bo‘lgan.

O‘tgan yilning bahorida Frantsiyaga qaytgan qator guruhlar hibs qilingandi.

Muhammad Aggat o‘sha paytda Suriyada qolganiga ishoniladi.

DNK namunalarini o‘rgangan politsiya ular Muhammad Aggat oila a‘zolariniki bilan mos tushganini tasdiqlagan.

Parijdagi kontsert zalida o‘zini portlatgan ikki hujumchi esa, Frantsiya fuqarolari 29 yoshli Umar Ismoil Mustafo va 28 yoshli Sami Amimour ekani aytilgandi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz -telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq