Frantsiya: IShID tarafdori o‘qituvchini pichoqladi

Parij chetidagi Abervile tumanida boshlang‘ich maktab o‘qituvchisini Islomiy Davlat jangari guruhining tarafdori pichoqlagan.

Hujumchi o‘qituvchini qutini kesuvchi pichoq yoki qaychi bilan pichoqlashdan avval: "Bu Dayesh (Islomiy Davlat). Bu ogohlantirish", - deya qichqirgan va so‘ngra qochib qolgan.

Qirq besh yoshli erkak o‘qituvchi hujum vaqtida sinfda yakkan o‘zi bo‘lgan. Uning hayoti hozirda xavf ostida emasligini aytiladi.

Frantsiya 13 noyabrda 130 kishini nobud qilgan terrorchi hujumlar ortidan o‘ta hushyor tortgan.

Politsiyadagi manbalarning bildirishlaricha, uch va olti yoshlar orasidagi bolalar o‘qiydigan Jan-Perrin boshlang‘ich maktabida o‘qituvchi mahalliy vaqt bilan soat 07:10da hujumga uchragan.

Xabarlarga ko‘ra, hujumchi boshiga qora niqob va qo‘llariga qo‘lqop kiygan holda kelgan va sinfxonada topilgan jihozlardan qurol sifatida foydalangan.

Piyoda qochgan hujumchi hozirda qidirilmoqda.

Mahalliy rasmiy Filip Galli hujum paytida bolalar maktabda bo‘lishmagani, ammo boshqa xodimlar ishda bo‘lishganini bildirdi. Maktabda ta‘lim hozircha bekor qilindi.

Parij prokurori idorasining aksil-terror bo‘limi terror amaliga bog‘liq qotillik harakati bo‘yicha tergov ochgan, biroq hali o‘qituvchi so‘roq qilinganicha yo‘q.

Islomiy Davlatning frantsuz tilidagi Dar-al-Islom jurnali yaqinda Frantsiyadagi o‘qituvchilarni dunyoviylikni o‘qitganlari uchun "Ollohning dushmanlari" deya tavsirlagan va o‘z tarafdorlarini ularni o‘ldirishga chaqirgan.

Parij hujumlari ortidan maktablarda xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.

Abervile tumanida 76 ming kishi, xususan Shimoliy Afrikaning Mag‘rib davlatlaridan kelgan ko‘p sonli muhojirlar yashaydi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz -telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio