"O‘zbekiston Konstitutsiyasini hukumat ko‘proq buzadi"

Image copyright uza

O‘zbekistonlik va xorijlik kuzatuvchilarning aksariyati mamlakat Bosh qonunini hukumat o‘z amallari bilan buzib kelayotganini aytishadi.

Konstitutsiya - barcha qonunlardan ustivor va biron boshqa qonun-qoida unga zid kelib qolsa, albatta, ayni holatda Konstitutsiyada ko‘rsatilgani kabi ish tutilishi kerak.

Ammo O‘zbekistonda bunday hollarda Konstitutsiya qolib ketib, davlat amaldorlari chiqargan nimqonunlar ishlaydi.

O‘tgan hafta mustaqil O‘zbekiston qabul qilgan Konstitutsiya kuni nishonlandi.

O‘zbekistonlik faollarning ta‘kidlashicha, O‘zbekistonda bevosita hukumat va davlat boshliqlari hamda huquq-tartibot idoralarining o‘zlari mamlakat Bosh qonunini mensimasdan, buzib kelishayotir.

Masalan, O‘zbekiston Konstitutsiyasida insonning istagan paytda chet elga chiqish huquqi kafolatlangan bo‘lsa ham, ikki yillik Ovir vizasi tartibi bilan ayni huquq cheklangan va hukumatni tanqid qilganlar hatto, mamlakatdan chiqarilmayapti.

Qonunshunoslarga ko‘ra, bir shaxsning chorak asrdan beri prezidentlik amalida qolishi ham O‘zbekiston Konstitutsiyasi buzilishini anglatadi.

Konstitutsiya, shuningdek, O‘zbekiston fuqarolarining o‘z vatanlari ichida erkin harakatlanish va istagan joylariga ko‘chib borib yashash huquqlarini ham kafolatlaydi.

Ammo amalda mamlakat poytaxti - qariyb 90% o‘zbekistonlik uchun yopiq, ya‘ni borib yashash taqiqlangan shahar.

Shu asno o‘zbeklar o‘z poytaxtiga ko‘chib borib yashash huquqidan ham mahrum qilingan dunyodagi juda-juda ozchilik millatlardan biri bo‘lib qolmoqda.

Konstitutsiya bo‘yicha O‘zbekiston fuqarolari O‘zbekiston Respublikasi himoyasi ostidalar, biroq chet ellardagi o‘zbekistonliklar davlat vakolatxonalari ularni himoya qilmasligini aytishadi.

Siz bu fikrlarga qanday qaraysiz?

O‘zbekiston Konstitutsiyasini davlat shu taxlit buzayotganini oqlaysizmi?

Yoki uni buzgandan ko‘ra o‘zgartirgan ma‘qulmi?

Prezident - Konstitutsiya garanti sifatida sizning Bosh Qonundagi huquqlaringizni qanday kafolatlayapti?

BBC O‘zbek xizmati Facebook va Odnoklassniki ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida ana shu savollar bilan murojaat qilgandi.

Avvaliga Facebookdagi fikr va mulohazalarga to‘xtalsak.

(Aksariyat izohlar tahrirsiz berilmoqda)

Farkhod Abdurakhmonov: Konstitutsiya o‘z mohiyati bilan davlatning butun hududida ustuvor bo‘lishi hamda joriy qonunchilik uchun asosiy baza vazifasini bajarishi darkor. Konstitutsiyaga to‘liq amal qilish yoki uni so‘zsiz bajarish, avvalo siyosiy va huquqiy madaniyat darajasiga bog‘liq. Amaldagi Konstitutsiyamizning mazmuni va tamoyillari qanchalik zo‘r bo‘lishidan qat‘iy nazar u amalda buzilayotgan va eng achinarlisi, hukumatning o‘zi shuni buzayotgan yoki buzilishiga yo‘l qo‘yayotgan ekan, ushbu holatni hech ham oqlab bo‘lmaydi. Konstitutsiya yilda bir marotaba bayram qilish uchun qabul qilinmaydi, balki u har kuni ijtimoiy,siyosiy,iqtisodiy hayotimizda dasturul amal bo‘lmog‘i lozim. Konstitutsiya nisbatan barqarorlik xususiyatiga ega biroq bu degani u hech qachon o‘zgarishi kerak emasligini bildirmaydi. Jamiyat taraqqiyoti asosida xalqning fikrini olgan holda unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin. Menimcha, ayni kunda bizning Konstitutsiyamiz o‘zgartirishga muhtoj bo‘lmasdan balki hayotga to‘la tadbiq etilishga ko‘proq muhtojdir. Bu borada har bir fuqarodan, jamiyatdan, Xukumatdan mas‘uliyat va javobgarlik talab etiladi. Ayni paytda Oliy Konstitutsion Sud ham o‘zini mavjudligini amalda ko‘rsatishi muhimdir.

Naser Muhammad: Kuchib kelish uchun ruyxatga turish kerak, ruyxatga turish pul. Axir tuppa-tuzuk biznesga bolta urmang janoblar. Xar kanday makonda joy topiladi. Bir tomondan keluvchilar sabab turar-joy narxlari uynashni boshlaydi. Bu xolatni nazorat kilish, narxlarni mu‘tadil ushlab turish murakkabliklar keltirib chikaradi. Vaziyatdan esa ma‘rakaga kelgan kampir uz dardini aytib yiglab foydalanib oladi. Makolada fakat turar joy masalasiga izox koldirgan bulsamda, kolgan muammolar yechimi xam kursiga "keti" jarroxlik yuli bilan mustaxkamlangan va onasini maxriga kelib kolgan amali-dorlarning nafslari konmaguncha topilmaydi. Nafs tuprok bilangina konajak...

"Yurtning tinchligini bersin"

Yadgar Xodjaniyazov: Konstitutsiyaga xech kim rioya kilmaydi.Agarda xakikatan xam konstitutsiya bilan ish tutilsa Uzb.yarim axolisidan kuprogini kamash kerak.

Rahmatullo Azimov: Salom xammaga! Bu gaplar xammasi be foyda, ogizda boru amalda yuk gaplar, lekin oxiri baxayr bulsin Ollox yurtni tinchligini bersin muximi shu!

Ilhomjon Qosimov: Xafa bo‘lmangu, oiladagi gapni ko‘chaga olib chiqish yaxshimas. Oynaga bir qarab og‘ayni kimligiz haqida o‘ylab ko‘ring. Vatan ham bir bir katta oila, uni qadrlash va himoya qilish kerak. Gapni ko‘chaga olib chiqib ig‘vo qilmay.

"Real hayot boshqacha..."

Ruzibay Azimiy: Konstitutsiyamizda O‘zbekiston respublikasining barcha fuqarolari O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida yashash...huquqiga ega degan modda bor. Biroq real hayotda bunday emas. Hatto Toshkent shahriga qo‘shni tumanlar Qibray, Zangiota, O‘rta Chirchiq tumanlaridagilar ham Toshkent shahrida yashash huquqiga ega emas. Hukumatning ayrim qonunlari va qonunosti hujjatlari Konstitutsiyaga zid ekanligi oyday ravshanligini bilib turib, qanaqasiga aybni oddiy xalqdan izlaymiz?

Ilxom Muxiddinov: Masalan Singapur va Xitoy davlatini olsak! Nima uchun ushbu Davlatlar kiska payt ichida rivojlonish tez darajada usib ketgan? Chunki usha davlatlarda birinchi bulib Korruptsiyani yukotgan, xarumxurlarni kamashgan, xattoki otgan! Shunday keyin Davlat rivojlanib boravergan!

"Zombilar..."

Hurshidbek Ganiyev: Jirrillayverilar alamzada, bechora, ojiz va ichqora mayda chuydalar. Butun O‘zbekiston nomidan sizlarga tufuruman. Vatansiz sig‘indilar.

Burivoy Toshkent: Xurshidbek Ganiyev ?! Jamiyatda shunday muammo bor ekanki BBC Uzbek taxririyati, Uzbekiston fukorolarini, kaysi toifa, katlamda bulishidan kat‘iy nazar, fikrlab, davlatchilik va jamiyat uchun xavfli bulgan "dardni", vokeylikni ommaga kursatib, fakat yaxshilik niyatida, yana undan battar "gazak olib" kech bulmasdan oldini olish uchun, bu mavzuni ongli, fikrlovchi kishilar uchun xavola etishgan. Davlatni asosi bulgan, eng ustivor konun Konstitutsiyaga amal kilinmas ekan, uni buzib, amal kilmasdan uz manfaati yulida muttaxamlik kiluvchilar bor ekan, xech kachon jamiyatda yuksalish bulmaydi ! Xalkni axvoli esa borgan sari ogirlashib boraveradi. Davlat, xukumat amaldorlardan tarkib topgan ekan, birinchi navbatda ularda javobgarlik, majburiyat masuliyatini xis etish, konunga tulik rioya kilib, oddiy fukorolarga ibrat bulishlari zarur! Lekin afsus, asos dalillar shuni kursatmokdaki, juda guzal kilib kogozga bitilgan konunlarni, konstitutsiyani amaldor shaxslar, xokimiyat boshkaruvi, sud, prokuratura, kuch ishlatar tizimlari va boshka xukumat a‘zolari kupol tarzda jinoyatkorona buzib, uz manfaatlari yulida jamiyatga, xalkimizga, davlatchilik manfaatlariga xiyonat kilmokdalar. Bunday konunbuzarliklar, yukori katlam tabakalari yani "oliy ma‘lumotga ega bulgan" toifalar tomonidan amalga oshirilayotganini kurgan oddiy fukorolar va ayniksa usib kelayotgan yoshlar, konunga amal kilmaslik, firibgar-muttaxamlik xayot konuni degan tushunchaga borib, jamiyatga foyda keltirish urniga, fakat zarar keltiradilar. Zarar keltirmagan xollarida xam, foyda keltirishni uylamaydilar xam. Bunday xolatlarda jamiyatda ijtimoiy nogironlik xosil bulib, fukorolar "morodyorlik" yani davlatni, bir birovlarini talon taroj kilish payida buladilar. Kupol misol keltirganda, konstitutsiyamiz yosh, endi usib ulgayaman degan "ojiza bir kiz" urnida bulsa, konunni ximoyachisiman degan xukumat amaldorlari esa jinoyatchi vaxshiy "man‘yak" kabi, bu "ojiza kizni" yani konstitutsiyani xar xil kurinishda zurlab kelmokdalar. Buni okibatida esa, yukorida kayd etilgan, "ojiza" konstitutsiya ya‘ni konunlar, pulga sotiladigan "foxishaga" aylantirilmokda. Eng daxshatlisi shundaki, "foxishaga" aylantirilgan konunlar "xomilador" bulib, "nogiron urodlar"ni, ongsiz yoshlarni, kur kurona uzini "vatanparvar" kilib kursatmokchi bulgan, aslida esa jamiyat uchun fakat zarar keltiruvchi zombilarni dunyoga keltirmokda.

Ilxom Muxiddinov: Xuddi shunday balik boshidan sasiydi tugri, kununlar bir biriga zid, xarumxur korruptsionerlar bulgan davlatni kelajagi yuk! Masalan xech kaysi davlatda benzin narxi kommercheskiy degan narsa yuk, fakat bizda, Uzbekiston tabiiy boyliklariga xar bir fukaroning xissi Bor ! Lekin usha boyliklar uzlashtirilmasdan puli joy joyiga borsa Davlat ushanda rivojlanadi! Kani xakikat !

Odnoklassnikidagi BBCUZBEK guruhi

"Konstitutsiyadan xabardorlar kam..."

S T R Ye L E Ts: Konstitutsiya buzilyaptimi yo yukmi, buni bilish uchun avvalo konstitutsiyadan yaxshi xabardor bulish kerak. Nafakat Uzbekiston axolisi balki butun Markaziy Osiyo axolisini kamida 90 foizi uz konstitutsiyalarini bir marta bulsayam ukimigan, yoki bir-ikki moddasidan boshka umumiy tarzda tushunchasi yuk. Taxminiy xisob kitoblarga kura Uzbekistonda xar 10 ta odamdan 1 tasi konstitutsiyadagi 1-2 ta bandni biladi xolos, xar 30 odamdan 1 tasi yarimigacha tushunchasi bor, xar 100 tadan 1 tasi mukammal biladi. Shunday "siyosiy ong"ga ega xalkni xukumati undan ortib nimayam bulardi. Bizda konstitutsiya chet davlatlar "kuzi" uchun kabul kilingan, lekin amal kilish unchalik shart bulmagan "yuriknoma"ga uxshaydi, juda uxshamasa biror bandini uzgartirib, moslab "uxshatvoriladi" tamom...

alyu min: konstitutsiyadan xabardor bulishdan bir naf bulardi xar bir uzbek uni yodlab olardi

Eldorbek Bekmurodov: Albatta xukumat buzmokdada konstituttsiyani. Eng kup konstitutsiyani buzgan odam bu Karimov janob oliylaridir.Karimov uzbeklarni Uzbekiston konstitutsiyasining garantiyasi emas, xukuklarini buzuvchidir

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz -telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq