Nega qozoq yo turkman emas, millionlab o‘zbek chet ellarda mardikor?

O‘zbekiston ommaviy-axborot vositalarida mamlakat boyligi, xalq farovonlik va xalqaro sahnada nufuzi haqida tinmay jar solinayotgan bir paytda nima uchun millionlab o‘zbekistonliklar Rossiyada mehnat muhojiriga aylangan?

Nima uchun Qozog‘iston va Turkmaniston fuqarolari yurtni kamroq tark etishadi?

O‘zbekistondagi haqiqiy hayot ommaviy-axborot vositalaridagi manzaraga shu qadar teskarimi?

Rossiyadagi o‘zbekistonlik muhojirlarning pul jo‘natmalari keskin kamaygani iqtisodga ta‘sir qiladimi?

Yoki o‘zbekistonliklarning Rossiyadan qaytishga majbur bo‘lishida biror bir ijobiy tomoni bormi?

BBC O‘zbekning muxlislari javoblari

(Bizga yo‘llangan, ijtimoiy tarmoqlarda qoldirilgan ba‘zi fikr-mulohazalar tahrirsiz berilmoqda)

Bekhzod Nurmatov: Hech kim o‘zbek bolalarni chet elga majburlab, ishga jo‘natgani yo‘q, hamma o‘zi xohlab ishlagani ketgan.

Ismail Habib: Bu yerda ish topolmay ketyapti-da, ishi bo‘lganda, shu yerdayam yurishardi odamlar bola-chaqasini oldida, to‘g‘rimi?

Belie Rozi: Bu juda ham achinarli hol, gapiradigan bo‘lsak, juda ham gap ko‘p.

Oybek Saydazimxonov: Bizda ham oyliklarani baquvvat qilib bersa, bo‘lardi...

Javlonbek Sharipov: Menimcha, ish yo'qligidan, bor bo'sayam oylik juda kam.

Farkhod Abdurakhmonov: Umuman olganda, tashqi mehnat migratsiyasi butun dunyoda mavjud va bu bozor sharoitida tabiiy hol hisoblanadi. Agar mamlakatdan tashqariga chiqib mehnat qilayotganlar soni umumiy mehnat resurslar soniga nisbatan 5-10 foiz atrofida bo‘lsa, buni me‘yoriy ko‘rsatkich deb qabul qilsa bo‘ladi. O‘zbekistondan Rossiyaga mehnat muhojiri sifatida ishlayotganlar soni to‘g‘risida haqiqiy statistik ma‘lumotlar yo‘qligi sababli yuqoridagi ko‘rsatkichning darajasi qanchaligini bilmaymiz. Keyingi masala, O‘zbekistondan Rossiyaga borib ishlayotganlar soni Qozog‘iston va Turkmanistondan ko‘pligi xususida biz mutloq miqdorlarga qarab emas, balki nisbiy ko‘rsatkichlarga qarab baho berishimiz kerak, ya‘ni uchala davlatdan mehnat muhojiri bo‘lib chetda yurganlar ushbu mamlakatlar mehnatga layoqatli aholisining qancha qismini tashkil etayotganligi muhimdir. Bu haqda ham aniq ma‘lumot mavjud emas. Yana bir masala shundan iboratki, Qozog‘iston aholisining soni O‘zbekistonga nisbatan deyarli ikki marotaba kam va ayni paytda mamlakat hududi esa deyarli besh baravar katta, Turkmaniston hududi bizniki bilan deyarli teng, aholisi soni esa to‘rt baravar kam. Menimcha, bu omillar asosiy bo‘lmasa-da, ularni hisobga olishimiz kerak. Shuningdek, bu borada har uchala davlat Hukumatlarining iqtisodiy siyosatni qanday olib borayotganlari asosiy rol o‘ynaydi. Mehnat muhojirlari tomonidan pul jo‘natmalarining keskin kamayishi albatta iqtisodiyotga, aholining turmush darajasiga salbiy ta‘sir ko‘rsatadi. Hozirgi sharoitda mehnat muhojirlarining qaytishga majbur bo‘layotganlarini ijobiy yoki salbiy ta‘siri to‘g‘risida baho berish ancha qiyin. Menimcha, ko‘proq salbiy ta‘sir ko‘rsatadi. Mazkur muammo bo‘yicha hukumatlar ochiq ma‘lumotlar berishlari va shaffoflikni ta‘minlashlari zarurdir, shuningdek ommaviy axborot vositalari ham real vaziyatni ko‘rsatishlari kerak. Asosiysi esa, Hukumat tashqi migratsiyani qisqartirish yuzasidan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqishi va amalga oshirish zarurdir. Migratsiya jarayoni avvalo mamlakat iqtisodiy rivojlanish darajasiga bog‘liq, uning darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, migrantlar soni shunchalik kam bo‘ladi.

Azizbek Ergashev: ...qanaqa tabiiy hol? Xalqni boyliklari qani? Milliardlab pullarni amaldorlargina yeb yotishibdi.

Ahror Raupov: Eng achinarlisi, gaz, svetsiz o‘tirish juda alam qilar ekan odamga. ...4 oylik chaqaloq bor uyda. Gaz va elektrsiz uyda muzlab o‘trishibdi. Qorni to‘qni qorni och bilan nima ishi bor, degandek, hech kimning ishi yo‘q. Dardini kimga aytsin oddiy oila?

Farkhod Abdurakhmonov: Men bildirgan fikrlarga nisbatan turli haqoratomuz javoblarni o‘qib, shuni avvalo ta‘kidlab o‘tishim kerakki, birinchidan, men o‘z shaxsiy fikrimni bayon etdim va kerak bo‘lsa, o‘z yozganlarim uchun javob berishga tayyorman, ikkinchidan, o‘zimni oqlash niyatim ham yo‘q... Sizlar hukumatimizni tanqid qilasizlar, lekin tanqidlaringizni asoslashingiz, agar siyosat noto‘g‘ri bo‘lsa, uning noto‘g‘riligini isbotlashingiz va to‘g‘ri siyosat qanday bo‘lishi va uni qanday amalga oshirish haqida aniq fikr bildirishingiz kerak emasmi?...

Men mutaxassis sifatida va shu yurtning bir oddiy fuqarosi bo‘lganim uchun qiyinchiliklarni ko‘rib ezilaman, aholimiz boshqa rivojlangan davlatlar aholisi singari munosib hayot kechirishlarini juda xohlayman va bu yo‘nalishda hukumatning hamma qilayotgan ishlari ham samarali bo‘lmayotganligini bilaman. Poraxo‘rlik, korruptsiya, mahalliychilik, tanish-bilishchilik, oshna-og‘aynichilik avj olib ketgan, ilmga e‘tibor susayib ketgan, bularni hamma ko‘rib-bilib turibdi. Biroq, nima bo‘lganda ham bu mening Vatanim, men uni tabiiy holda xuddi boshqalar singari sevaman.

Namoz Uzbek: ...Bilasizmi, o‘zbek milliarderlari aynan chet davlatda shu darajaga yetishdi. Mamlakatda milliarder bo‘lishga yo‘llar to‘silgan, afsus.

Abdu Shakarov: Salom alaykum. Men 3 yildan beri Rossiyadaman. Hozirda Rossiyada krizis, krizis bo‘lsa ham ishga keladi.

Zulfiya RuziMukhammad: Turkmanlarni bilmadim, lekin qozoqlar chetga faqat dam olib, sayoxatga borishadi yo o‘qishga.

Qobiljon Abitov: Buning yechimi oson: o‘zbek to‘y qilishi kerak millionlab pul sarflab, el ko‘rsinga, qani qilmay ko‘rsin-chi, mahalla ko‘y, el-yurt nima derkan? O‘shaning uchun ham ishlash kerak. Ming afsuski, bu urf-odatlar ming yillardan beri saqlanib kelmoqda. Boshqa millatlarda yo‘q unaka narsalar, qozoqlarda ham, turkmanlarda ham... Ammo, o‘zbek millati dunyoda eng mehnatkash xalq, bo‘yog‘ini ham unutmaylik.

Asiya AL-Astani: O‘zb. kambag‘al mamlakat emas. Alloh o‘zbekning ham rizqini bergan, ammo ba‘zi odamlarning dastidan u rizq sizlarga kelmayapti va juda ham mehnatkash bo‘lganingizdan so‘ng och qolmay yuribsiz. Shunday bir kun kelsinki, chestnyy podshoh kelib, har bir o‘zbekning xonadonida quvonch bo‘lsin, hech kim yaqinlarini sarg‘ayib kutmasin, har bir oila har kuni ishdan qaytib keladigan dadajonlarini kutib olishadigan bo‘lishsin. Qarindosh o‘zbek millatiga buni chin yuragimdan tilayman va Siz uchun Allohdan so‘rayman.

Nexia Spark: Qozog'iston va Turkmaniston ancha katta davlat, aholisi juda ham oz, hududiga nisbatan. Ishlayman degan odamga O'zbdayam ish yo'q emas. Shaxsan men mardikorlarga chet elda ishlash yoqadi deb o'ylayman. Nima bo'lsayam svet gazdan muammo yo'q. To'g'ri, ish og'irdir, lekin chet el baribir chet elda. Qisqasi, o'zbeklar modani juda qadrlaydi. Hozir chet-elda mardikorlik qilish bizda moda bo'lgan. Bu modani boshqa sabablariyam bor, albatta.

Rana Akpınar: Bu bitta Uzbekistonda emas hamma joyda bor, turklaniyam kupi Germaniyada, ayrıca hich mardikorlik qimaydi bizani uzbeklar.

Heart Groan: Alloh qayerda rizqini sochgan bo‘lsa, borib teradi hamma!

Shokhruh Khusinov: Turkmanistondek 6 million aholimiz bo‘lganda edi, biz ham Rossiyaga aylanishga kelar edik.

Dilmurod Khodjabaev: Chunki, O‘zbekistonda aholi ko‘payib bormoqda. Boshqa yuqorida ko‘rsatilganlarda unday emas.

Umida Stelovska: Going abroad for work is not in issue, but living and working conditions under life threatining surcumstances is an issue. (Chetga ishlashga borish muammo emas, ammo hayotga tahdid soladigan darajadagi sharoitlarda yashash va mehnat qilish muammodir".

Fotima Karimova: Rossiyadan qaytishning hech qanday ijobiy tomoni yo‘q. U yoqda oyliklari kamayib ketdi, mana qancha xarajatlar ko‘payib ketgan.

Hamdam Xudoyberdiyev: Mehnat migratsiyasi o‘sha sobiq ittifoq, davrida ham bo‘lgan-bu stroybat edi. Qo‘shnilar b.n solishtirishga kelsak, bu yuqorida aytib o‘tilgan qo‘shni davlatlardan biz hududiy, aholi va tabiiy boyliklar jihatdan juda katta farq qilamiz. Asosiy sabab ham, mana shu uch manbaa desa ham bo‘ladi.

Rashidov Ashraf: Dankasa, ish yoqmaslar chet ellarda yurib ishlaydi, Haqiqiy Dankasalar uyida yotib ishlaydi))...

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq