O‘z rahbarining boshini olgan frantsuz sudgacha yashamadi

Image copyright AP

Frantsiyada o‘tgan iyun oyida o‘z rahbarining boshini tanasidan judo qilgan va gaz stantsiyani portlatishga uringan terror gumondori Parij yaqinidagi turmada o‘lik topilgan.

Rasmiylarga ko‘ra, 35 yoshli Yassin Salhi o‘zini osib o‘ldirgan.

Prokurorlar Salhini Islomiy jangari deya ko‘rganlar, ammo yuk mashinasi haydovchisi bo‘lib ishlagan Salhining o‘zi faqat rahbaridan qasos olish niyati bo‘lganini aytgandi.

Salhi o‘z joniga qasd qilish xavfi ostida deb ko‘rilmagani uchun bir kishilik kamerada ushlab turilgan.

26 iyunda u Lion shahri yaqinidagi "Air Products" korxonasining yonuvchi suyuqliklar saqlanadigan omboriga o‘z yuk mashinasini olib borib urgan.

Ko‘p o‘tmay portlash yuz bergan. Birozdan keyin shu atrofda Salhining rahbari jasadi boshsiz topilgan.

Uning arabcha yozuvlar bitilgan boshi korxona panjarasiga o‘rnatilgan holda topilgandi. Boshning yonida arabcha yozuvlarga ega ikki bayroq ham osilgan bo‘lgan.

Rasmiylarga ko‘ra, Salhi radikal Islomchilikda shubha qilinib 2006 va 2008 yillar o‘rtasida kuzatuv ostida bo‘lgan.

Frantsiyada tug‘ilib o‘sgan Salhining onasi marokashlik, ota esa jazoirlik musulmonlardir.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio