Istanbul aeroportidagi portlash bir kishini o‘ldirdi

Image copyright EVN

Istanbulning Sabiha Go‘kchan aeroportidagi uchoqlar turadigan maydonda yuz bergan portlash ayol farroshni o‘ldirdi.

Portlash chog‘ida 30 yoshli Zehra Yamach tungi smenada Pegasus havo yo‘llarining uchog‘ini tozalayotgandi. U boshiga yetgan jarohatlardan nobud bo‘lgan.

U bilan birga ishlayotgan hamkasbi jarohat olgan.

Aeroport rasmiylari portlash sabablari tergov qilinayotganini bildirishdi.

Turkiya matbuotiga ko‘ra, qurolli politsiya aeroportga kirishdagi xavfsizlik choralarini kuchaytirganlar, ammo parvozlar odatdagidek amalga oshirilayotgani aytiladi.

Pegasus chiqaragan bayonotga ko‘ra, hodisa chog‘ida yo‘lovchilar uchoqda yoki uning yaqinida bo‘lmaganlar.

Bayonotda aytilishicha, portlash chorshanba tongida mahalliy soat bilan 02:05da yuz bergan.

Portlash sababi noaniq bo‘lsa-da, politsiya uning bomba bo‘lishi mumkinligini istisno qilmayapti.

Ba‘zi guvohlar ketma-ket uchta portlash ovozlarini eshitganlarini aytganlar.

Istanbulning Osiyo tarafida joylashgan Sabiha Go‘kchan shaharning Ovro‘po qismidagi Otaturk aeroportidan keyin ikkinchi eng yirik aeroport hisoblanadi.

O‘zbekiston havo yo‘llari o‘z parvozlarini Otaturk aeroporti orqali amalga oshiradi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio