Unutilayotgan bayram va "yolg‘onchi Qorbobo" haqida

Image caption Qorbobo "yolg‘onchimi"?

"Qanaqa bayram? Yangi yil bayramining na gashti qoldi, na ta‘mi va na sururi...Avvallari bunaqa emas edi", deb noliydi yoshi ellikdan o‘tgan o‘zbekistonlik o‘qituvchi.

"Sho‘rolar davrida archa o‘yinchoqlari juda taqchil bo‘lar edi. Bir oy avval qo‘limizda bor narsalardan, qog‘ozu qalam o‘zimiz amallardik. Qor o‘rniga paxta. Qorbobo bilan Qorqizni ham o‘quvchilarning o‘zlari yasab qo‘yishardi. Bir-birimizga otkritkalar berardik, sovg‘a ulashardik. Boshqacha bir ruhi bor edi. Millat surishtirmasdik, din surishtirmasdik. Mana sizga bor gap", deydi u.

Uning aytishicha, yangi zamonlarning Navro‘zida ham, Mustaqillik bayramida ham bunaqa gasht yo‘q.

"Biz uchun ruslar bilan kelgan bayram bu. Rost, nari borsa ellik-oltmish yil yashab qo‘ydik daraxt bezatib, Qorbobo kutib, lekin bundan kattaroq muammolar tiqilib yotibdi. Menimcha, hukumat odamlarning nimani bayram qilishiga aralashib baraka topmaydi. Navro‘zga qarshi kampaniya qilib Sho‘rolar baraka topganmidi? Hayit bayramlarini yo‘q qilamiz deb yeng shimargan azamatlar qayerda hozir? Tashviqotiningni qilaver, ammo aralashma, nishonlagan nishonlasin, nishonlamagan yo‘q", deydi tojikistonlik yozuvchilardan biri.

O‘zbekiston va Tojikiston ijtimoiy tarmoqlarida eng qizg‘in bahslar mavzularidan biri ham Yangi yilni bayram qilish yoki qilmaslik atrofida ekanini ko‘rish mumkin.

Tarixcha o‘rnida

Qo‘shni Tojikistonda Ta‘lim vazirligi maktablarda o‘tadigan archa bayramlari va sovg‘a ulashishlarni bekor qilgan.

Xabarlarga ko‘ra, Qozog‘istonning Chimkentida shahar an‘anaga binoan bezatilmaydi.Bezaklarga ketadigan mablag‘ kam ta‘minlangan oilalarga yordam uchun sarflanadi.

O‘zbekistonning yirik shaharlari Toshkent va Samarqandda esa mulozimlar bayramni uyda o‘tkazish maslahatini berishgan.

Buni kimdir xavfsizlik bilan bog‘lasa, boshqalar yoshlar orasida ortiqcha ziyofatbozlik urchib borayotgani bilan izohlamoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda esa ayrimlar esa aksariyati musulmon bo‘lgan mamlakatda kelib chiqishi nasroniy bo‘lgan an‘ana – Yangi yil bayramidan butunlay voz kechishni taklif qilmoqda.

BBCUZBEK Facebook va Odnoklassnikidagi muxlislariga bu masalada bir necha savollar bilan murojaat qilgan edi.

Sizningcha, kamida uch avlod uchun qadrli bo‘lib qolgan bayramdan voz kechish kerakmi?

Yoki bu bayram bezaklariga ketadigan mablag‘larni Chimkent misolida kambag‘allarning og‘irini yengil qilish uchun sarflagan ma‘qulmi? Siz bu bayramni nishonlaysizmi?

Yangi yil bayrami Siz uchun nimasi bilan qadrli?

(Izohlarning aksariyati tahrirsiz berilmoqda- BBCUZBEK)

BBCUZBEK Facebook

Zulfiya RuziMukhammad: Xozir shunaka vakt bolib koldiki,odamlani puli bosa yangi yil boladi,bomasa shildirsuv shorvasini pishirib, bolalari bilan yeb yangiyil kilib uxlivurishadi...bozorga borsa xamma narsa otasini narxi,bundan 4-5 yil oldinam 100 -minga bozor kisa bolardi.xozi 100-200ga 2-3kg olma mandarin yana ubu olasiz boldi tamom pul... Bayrammi amaldorlarimiz kilishadi oldindan xech kimga bildirmiy ozligiga-ozi...keyin otirvurishadi ozligini bechora korsatiiib,oppokina boliib

Jamshid Jamshid: Musulmonlar nishonlayman desa bayram ko‘p. Ikki Hayit bor, Juma bor har hafta...Voz kechish kerak Yangi yildan.

Muzaffar Khakimov: Bizni diniy bayramlarimzni xech kaysi davlatlarda ularni bayramlarichalik karshi olishmidi va xurmat kilishmidi nookal tabriklashmidiyam, bizni milliy kiymlarimizni biz ularni kiymini kiganchalik yakiniga xam bormidi, chunki ularni bunga gururi yul koymidi. Ammo bizchi? Yangi yil uyekda tursin, Valintin yana boshka boshka

Shirin Sh: An‘anaga aylanib qolganu, ammo undan voz kechish ko‘proq foydali, ham iqtisodiy va ham diniy nuqtai nazardan...Ba‘zan zararli an‘analardan voz kechgan ma‘qul.

Javokhir Khudoyberdiev: Yangi yil nishonlash kerak. Masalan, man uchun Yangi yil eng sevimli bayram. Yangi yil bayramiga nasroniy dini aralash emasku.

Husniddin Karabayev: Kanaka "Yangi yil" odamlar pul topish bilan ovora bulib kolgan. Bitta gap boru! pul bulsa - xamisha bayram. Pul bulmasa changalda shurva!

Raziya Zaminulla: Yangi yilni yosh bolalar singari kottalar intik b b kutadi,shu jumladan komenda yozib koldirayetgan shaxslar sizlar xam!buni tilingiz b n inkor kilasiz,dilingizda yok,kelinglar igvo kilmasdan xammanglani dasturxoninglaga kut-baraka,yuraginglaga poklik,xotirjamlik,yurtimizga tinchlik olib kelsin kelayotgan Yangi yil!Yangi yilni intizorlik b n kutvoman.

Muzaffar Khakimov: Bayramlarni odati xolda oyila bilan nishonlashadi. Bu bizni xalkimizni xali xam oz yulini topa almaganidan dalolat, oz tarixini bilmaslik, milliy kaxramonlarini tanimaslik, kanchadan kancha Olimu ulomolarini Bilmaslik va diyniga amal kilmaslik, millatni ongi sinib borayetganidan dalolat. Diniy tarafdan togrisini aytadigin bolsak, Alloxni bondalari uchun XAROM kilgan narsasi, insonni foydasi uchun XALOL bolib kolmidi! U nima bolishidan yeki kanday korinishidan kattiy nazar xukmi ozgarmidi. Bazi kishilar aytishi mumkin tarixini nazar tutib, U maxalda musilmanlar xijrat farz bolganida manzilga yetib olish uchun yani ochlikni yengish uchun xarom olgan eshshakni so‘yib yishgan ku deyishlari mumkin, lekin mizni zamonimizda bunga muxtojlik yuk.Xaktaallox bizni kuzatib turganini esdan chikarmaylik.

Saklap Yuldashov: Boriga -yangi yilni bayram qilay,yo‘g‘idan xudoning o‘zi asrasin.yaxshi niyat qilay,yangi yilda.

Xon Keldi Alim: Puling bulsa xar kuni bayram. Bulmasa xar kuni tashvish,shunday paytda kungilga bayram sigarmidi? Kozogiston yoki Rossiyada bayramlar kanaka nishonlanishini kurganmiz ular bilan solishtirishning keragi yuk bi3 xotiralab kadrlab yuramiz

Abdufattoh Kamalov: Yaxshi dasturxon solib, ichimlik narsalarsiz, harom narsalarsiz, oila davrasida ibodat qilib, Ollohdan yangi yilda duolarni ijobat bo‘lishini so‘rash, eng maqbuli manimcha

Hasan Abdurazzoqov: Bayram qilish kerak emas, balki zarur va shartdir.

Zebo Narkuziyeva: Eeee xar xil gapni nima keragi bor ? Boy kambagal degan gapni keragi yuk , yangi yil bayrami nishonlanib kelgan keladiyam .Eshla un ayniksa kutgan bayram ku ? Eng chiroyli xar yili boyu kambagalni xursand kiladtgan kun ,xar kim chuntagiga karab nishonlasin , Olloxga shukur yangi yilga sog salomat yetkizganiga .

BBCUZBEK Odnoklassniki

Odnoklassnikidagi muxlislarimizdan biri esa Yangi yilga atab, she‘r yo‘llabdi.

Salom senga qorbobo,

Jahannamga marhabo,

Yoshbollarni aldabo,

Yolg‘onlarga boybobo,

Senda bordir oqsoqol,

Ucharsan bollar tomon,

Bizda qo‘yilsa soqol,

Terrorist u musulmon.

alyu min: yangi yil bayram. shaxsan yangi yilni bazmi jamshid bilan kutib olaman. yoktirmaydiganlarga maslaxatim uylarizda jimgina motam kilib utiringlar. birovni xursandchiligini buzmanglar

Maxmud Murodov: Yangi yil bizni bayram emas. Navruzni Yevropa nishonlamaydiyu. Yoki Idi K,urbonni boshka xalklar nishonlaydimi. Kani uzlik ?Mustamlakaga tobelikmi bu , mustakillikning manosi nimada uzi

La ilaha il ﷲ: Kambagallarga bergani eng tugri Archani pulini korboboni pulini

Agressiv Boy: Chimkent butun dunyo musulmonlariga o‘rnak bo‘lsin

S T R Ye L E Ts: Dunyo xozirgi mavjud takvimga amal kilar ekan yangi yilni bayram kilish joizdir, zero bayramlar asosida ezgulik yotadi. Odatda bayram kilish, bayramni nishonlash shod xurramchilik va baxtli turmush ramzi xisoblanadi, shunday ekan bu bayram dinimizga zid deb karash kerak emas, zotan xech bir din baxtli turmush tarzini inkor kilmaydi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq