Milliy Xavfsizlik rahbarining noutbukini bolalar "buzishdi"

Image caption Maktab o‘quvchilari Xavfsizlik vazirligini dog‘da qoldirishdimi?

O‘ninchi sinf o‘quvchilari Milliy Xavfsizlik vazirligida ishlaydigan rahbarlarning biriga tegishli noutbukni Wi-Fi tarmog‘i orqali buzib kirishgan.

Xavfsizlik vazirligiga aloqador xizmat ma‘lumotlari shu yo‘l bilan o‘smirlar qo‘liga tushdi, deb xabar qiladi Turkmaniston muxolifati sayti azatturkmenistan.org.

Toshhovuz (Dashaguz) viloyatining Milliy xavfsizlik vazirligi bo‘limi bilan bog‘liq bu voqea noyabr oyining o‘rtalarida bo‘lgani aytiladi.

Milliy Xavfsizlik vazirligi bo‘limi binosiga yaqin joylashgan maktab o‘quvchilari Wi–Fi tarmog‘i orqali vazirlik mulozimlaridan birining noutbukiga ulanishga muvaffaq bo‘lishgan.

Aftidan kompyuterlar bo‘yicha kattalarga dars berish darajasida bo‘lgan bu shovvoz o‘quvchilar laptopdagi xizmat ma‘lumotlari, jumladan,WORD, PDF - fayllar va turfa audio-video materiallarni qo‘lga kiritishgan.

Ayrim materiallarni o‘quvchilar boshqa do‘stlari bilan "baham" ko‘rishgan.

Ushbu maktabning informatika bo‘yicha o‘qituvchisi voqeadan xabar topgach, Milliy Xavfsizlik vazirligini ogohlantirgan.

Laptopidagi xizmat materiallari nusxa olinib, tarqab ketganini sezgan xavfsizlik mulozimi maxsus komissiya tashkil qilgan, deb xabar qiladi Turkmaniston muxolifati nashri.

Xavfsizlik vazirligi xodimlari o‘quvchilarning telefonlari va kompyuterlari tekshirishga tushganlar.

Tekshiruvlardan internet kafelar ham xoli qolmagan.

Muxolifat nashri Milliy Xavfsizlik vazirligi xodimlarining zamonaviy texnika bo‘yicha uquvlari maktab o‘quvchilariniki darajasida emasligini da‘vo qiladi.

BBCdan: Turkmaniston kabi dunyoga yopiq mamlakatlarda ro‘y berayotgan bu kabi voqealarni tekshirish deyarli imkonsizdir. Turkmaniston hukumati hozirga qadar xorijdagi muxolifat nashrining ayni xabariga hech bir munosabat bildirgani yo‘q.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq