Yangi "Toshturma"ni qurib bitkazisholmayapti

Toshkentda "Toshturma" nomi bilan mashhur muvaqqat hibsda saqlash muassasasini Zangiotaga ko'chirishga qaror qilingan va shu kunlarda yangi qamoqxona binosini qurib bitkazish mo'ljallangan edi.

Biroq O'zbekistonda ro'yxatdan o'tgan podrobno.uz veb-saytining O'zbekiston huquq-tartibot organlaridagi manyuaga tayanib xabar tarqatishicha, moliyalashtirish bilan bog'liq muammolar bois yangi tergov izolyatorini foydalanishga topshirish muddati noma'lum vaqtga ortga surilgan.

"Qurilish ishlarini shu yilning oxirigacha nihoyasiga etkazish rejalashtirilgan edi. Ammo moliyalashtirish to'xtatilgani sabab ishlar ham to'xtatildi", deb aytgan Podrobno.uz manbasi.

Huquq-tartibot idorasi xodimi so'zlariga ko'ra, yangi qamoqxona qurilishini moliyalash muzlatib qo'yilgan.

"Ishlar qachon qayta boshlanishini hech kim bilmaydi. Taxminiy muddatlari 2016 yilning bahori", deb aytgan huquq-tartibot organlaridan birida ishlaydigan manba.

Podrobno.uz xabariga ko'ra, yangi qamoqxonani ishga tushirish dastlab 2015 yilning kuziga rejalashtirilgan bo'lgan.

Image copyright Google map
Image caption "Jasliq" qamoqxonasi "Borsa-kelmas" degan nom bilan tanilib bo'lgan.

Qurilish ishlari orqaga surilaverganidan keyin yangi qamoqxonani foydalanishga topshirish muddati yil oxiriga surilgan.

Podrobno.uz Internet sahifasi xabar qilishicha, yangi tergov izolyatori osmondan qaraganda yulduz shaklini eslatadigan shaklda loyhalashtirilgan va hibsxonalarning xalqaro talablariga mos MDH davlatlari orasida yagona qamoqxona majmuasi bo'lishi kerak.

O'zbekiston qamoqxonalari, jumladan, vaqtincha saqlash izolyatorlari ham xalqaro hisobotlarda noinsoniy muomala, tutqunlarga qiynoq qo'llash holatlari ko'pligi bilan ko'p bora tilga olingan.

Xususan, "Toshturma"da tutqunlari boshidan o'tkazgan qiynoqlar ham hisobotlarga tushgan, Internetda batafsil hikoya qilib berilgan.

Qoraqalpog'istonning qishi ayozli, yozi jazirama sahrosida barpo etilgan "Jasliq" qamoqxonasi "Borsa-kelmas" degan nom bilan tanilib bo'lgan.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq