Mehnat muhojirlarida bayram qilish kayfiyati yo‘q

Image copyright BBC World Service

Rossiya migratsiya rasmiylariga ko‘ra, mehnat patentlari tizimi kiritilganidag so‘ng Moskvada ro‘yxatdan o‘tgan muhojirlarning soni sezilarli darajada ko‘paygan.

Bu haqda Moskva shahri migratsiya nazorati departamenti boshlig‘i Maksim Voyevodin aytgan.

Uning aytishicha, “2015 yili 3 mln xorijlik ro‘yxatdan o‘tgan, bu esa o‘tgan yilga nisbatan 15 foizga ko‘proq”dir.

Rasmiylarga ko‘ra, Moskvaga ish ilinjida borgan xorijiy fuqarolarning soni 40 foiz oshib, 2 milliondan ortiq odamni tashkil qilgan.

Rossiyadagi o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari muammolari bilan shug‘ullanayotgan inson huquqlari faoli Bahrom Hamroyevning aytishicha, “bunday o‘sish, asosan tojik va qirg‘iz migrantlari evaziga bo‘lishi mumkin”.

Chunki ularning soni Moskvada hamisha juda yuqori bo‘lgan. “Qirg‘iz migrantlari mamlakati Bojxona ittifoqiga qo‘shilganidan so‘ng ishga joylashish uchun talaygina imtiyozlarga ega bo‘laganlar.”

Moskvaga ish topish maqsadida kelayotgan xorijiy migrantlar Rossiyaning boshqa hududlaridan ham kelishlari mumkin, deb o‘yladi faol.

Ular boshqa joylarda ish topolmay, poytaxtga ko‘chishga majbur bo‘ladilar. Xozirgi kunda Bryansk, Kaluga va Smolensk shaxarlarida iqtisodiy inqiroz kuchayayotgani sabab tojik va o‘zbek muhojirlari Moskvaga yo‘l olmoqdalar.

“O‘z tanish-bilishlarining uylarida yotib, yo‘lkira ishlab, o‘z muammolarini yechishga harakat qilishadi”.

Bahrom Hamroyevga ba‘zi muhojirlar ularni o‘z uyida qayta ro‘yxatdan o‘tkazish iltimoslari bilan murojaat qilishadi.

Bugungi o‘zbekistonlik mehnat muhojirlarining ahvoli avvalgidek emas, anchayin yomonlashgan, deydi Bahrom Hamroyev.

Yaqinda O‘zbekiston rasmiylari mehnat muhojirlari borasida kelishuv loyihasini ishlab chiqqanlari va Rossiya tomoniga ko‘rib chiqish uchun taqdim etganlari haqida xabarlar tarqalgan.

Aytilishicha, kelishuv o‘zbekistonliklarni ijtimoiy, huquqiy va boshqa kafolatlar bilan Rossiyada ishga yollanishlarini tashkillashtirishni ko‘zda tutadi.

Biroq Bahrom Hamroyev ushbu xabarlarga katta umid bildirayotgani yo‘q.

“Rossiya hududlariga ularning yoppasiga kelishlarining o‘ziga xos tarixi bor”, - deydi u.

“O‘zbekistonlik migranlar Rossiya rasmiy organlarining bosimiga uchraganlari paytida O‘zbekiston hukumati biror bir loyiha tuzib, ularni himoya qilish masalasini oldinga surmagan.

Bugungi kunda ham ushbu loyiha muhojirlarning manfaatlarini ko‘zlab qilinayotgan bo‘lishi mumkin emas”.

“Mehnat muhojirlari masalasida O‘zbekiston hukumatidek biror-bir davlat yo‘qki, o‘z fuqarolarini shunday og‘ir ahvolga tashab qo‘ygan bo‘lsa", - deydi faol.

O‘zbek tomoni o‘z siyosiy manfaatlarini ko‘zlab bunday loyihaga qo‘l urayotgan bo‘lishi mumkin.

"O‘zbekiston hukumati Rossiyaga ketgan mehnat muhojirlari Suriyadagi jihodiy guruhlarga qo‘shilmasliklarini oldini olish uchun, bunday harakatlarni amalga oshirishi mumkin”, degan fikrda Bahrom Hamroyev.

Boshqa tomondan, Baxrom Hamroyevning aytishicha, Rossiyadagi mehnat muhojirlari orasida O‘zbekiston hukumati inson huquqlarini poymol etishi bilan bog‘liq masala juda keng muhokama qilinadi.

Uning aytishicha, o‘zbekistonlik muhojirlar uning oldiga kelib, Qirg‘iziston yoki Tojikiston vakolatxonalari qanchalik o‘z fuqarolariga yordam berishga harakat qilayotganlarini gapirib, O‘zbekiston elchixonasidan shikoyat qiladilar.

"O'zbekiston hukumati hammasini bo‘lmasa ham qisman Rossiyada mehnat qilayotgan fuqarolarni qaytarmoqchi. Lekin qaytarsa, bu muhojirlarga Rossiyada olayotgan maoshlarini to‘lashi kerak bo‘ladi” - deydi Bahrom Hamroyev.

“Yangi yil arafasida Rossiyada chuqurlashib ketayotgan iqtisodiy inqiroz tufayli ko‘pchilik mehnat muhojirlarida bayram qilish kayfiyatlari yo‘q”, deydi moskvalik faol.

Bahrom Hamroyev bilan suhbatni tinglang.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Би-би-си Ўзбек хизмати билан Whatsapp, Telegram ва Viber орқали боғланишни истасангиз, телефонимиз: +44 78-58-86-00-02.

ТЕЛЕГРАМДА ЭСА каналимиз - https://telegram.me/bbcuzbek ёки BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio