O‘zbekistonda taqchil gaz Rossiyaga sotiladi

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Rossiyaning "Gazprom" shirkati O‘zbekistondan gaz sotib olishni ko‘paytirishini ma‘lum qilgan.

Shirkat rahbari Aleksey Miller o‘zbek tomoni bilan yangi yil arafasida erishilgan gaz bitimi tafsilotlarini ochiqlamagan, ammo bitim har ikki tomon uchun manfaatli ekanini ta‘kidlagan.

Bir vaqtning o‘zida "Gazprom" joriy oydan boshlab turkman gazini sotib olishni butunlay to‘xtatayotganini bildirgan.

O‘tgan yili Turkmaniston Rossiya shirkatini turkman gazi uchun haq to‘lamayotganlikda ayblab chiqqandi.

Turkman hukumati "Gazprom" qarzini to‘lay olmaydigan ahvolga kelib qolganini aytgan.

O‘tgan yillarda "Gazprom" Turkmanistondan 10 milliard kubometrga qadar gaz sotib olgan, 2014 yilda bu miqdor 4 milliardga kamaygani aytilgandi.

O‘zbekiston hozirning o‘zida Rossiyaga 7 milliard kubometrdan ko‘proq gaz sotadi.

"Gazprom" O‘zbekistondan sotib olinadigan gaz hajmining qanchaga oshirilishi haqida ma‘lumot bermagan.

O‘zbekistonning sobiq neft va gaz vaziri Anvar Husayinovning BBCga aytishicha, gap 5-10 milliard kubometr haqida ketmoqda.

O‘zbekiston aholisi qish mavsumida gaz va elektr energiyasi taqchilligidan aziyat chekib keladi.

Yangi yil arafasida Farg‘ona vodiysi va Toshkent viloyatida aholining gaz ta‘minotidagi uzilishlarga qarshi norozilik chiqishlari kuzatilgan.

Anvar Husayinovning aytishicha, O‘zbekistonda yangi gaz konlari tadqiq etilmoqda, ammo shu kecha-kunduzda Rossiyaga sotiladigan gazning bir qismi mahalliy korxonalar va aholi hisobidan qoplanishi mumkin.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio