"Jamoat-i Islomiy" rahbariga o‘lim jazosi kuchda qoldi

Image copyright AFP
Image caption Motiur Rahmon Nizomiy 2001-2006 yillarda hukumatda vazir lavozimini egallagan

Bangladesh Oliy Mahkamasi mamlakatdagi eng yirik islomiy partiya "Jamoat-i Islomiy" rahbari Rahmon Nizomiyga chiqarilgan o‘lim hukmini kuchda qoldirgan.

O‘tgan yili Nizomiy 1971 yilda Pokistondan mustaqillik uchun urush chog‘ida harbiy jinoyatlar sodir etganlikda aybdor deb topilgandi.

72 yoshli Nizomiy mustaqillik uchun kurashgan bangladesh faollarining ismlarini Pokistonga berish va ularning o‘ldirilishiga yordam berganlikda ayblangan.

Unga nisbatan qo‘yilgan aybnomada qatliom, qotillik, qiynoq va jinsiy zo‘rlash bandlari bor.

Pokiston bilan 9 oy davom etgan urushda o‘ldirilganlarning aksariyati Bangladesh intelligentsiyasi vakillari-o‘qituvchilar, jurnalist va muhandislar bo‘lishgan.

Ushbu davrda sodir etilgan jinoyatlarni o‘rganayotgan tribunal 2010 yilda tashkil etilgan.

Ammo ko‘pchilik hukumat tribunal tuzish orqali o‘zining siyosiy muxoliflaridan qutulmoqchi, degan fikrlarni ham aytgan.

Motiur Rahmon Nizomiy 2001-2006 yillarda hukumatda vazir lavozimini egallagan.

U hozirgacha tribunal tomonidan o‘lim jazosiga mahkum etilgan eng yuqori martabali shaxsdir.

Agar appelyatsiya mahmamasiga murojaat qilmasa yoki Bangladesh prezidenti tomonidan avf etilmasa, kelayotgan oylarda o‘lim hukmi ijro etilishi mumkin.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio