O‘zbekiston tranzit yo‘nalishlarni turfaxillashtirmoqchi

Image caption O‘zbekiston korxonalari G‘arbdan kelayotgan xom-ashyo va tarkibiy qismlarga o‘ta muxtoj

Ukraina o‘z mollarini Markaziy Osiyo mintaqasiga Rossiya hududi orqali emas, balki Kaspiy dengizi orqali yetkazib berishni ma‘lum qilgan.

Bu haqda Ukraina savdo vakili Nataliya Mykolskaya mamlakat telekanalida e‘lon qilgan.

Uning aytishicha, Kaspiy dengizi orqali muqobil yo‘nalishni amalga oshirish uchun yanvardan boshlab sinov sifatida loyiha ishga tushadi.

O‘tgan yili Rossiya hukumati Ovrupo Ittifoqi, Ukraina va Turkiya mollariga qarshi iqtisodiy cheklovlarni kiritgan edi.

Ushbu mamlakatlardan kelgan mollar oqimi Rossiya bojxonalarida to‘planib qolgan.

Yaqinda yangragan xabarlarga ko‘ra, Rossiya Ukrainadan kelayotgan mollarni o‘z bojxonalaridan o‘tkazmayotgani sabab, O‘zbekiston muqobil yo‘nalishlarni amalga oshirishga bel bog‘lagan.

O‘zbekistondagi rasmiy manbalarga ko‘ra, Ovro‘podan tranzit mollarining o‘tishi Rossiya tomonidan kechktirilgani bois, mamlakat ichidagi iqtisodiy faoliyat sekinlashi mumkin.

Yillar davomida O‘zbekiston ichki sanoatida ishlagan va tajriba ortirgan Saparboy Jubayevning aytishicha, O‘zbekiston korxonalari G‘arbdan kelayotgan xom-ashyo va tarkibiy qismlarga o‘ta muxtoj.

Ukrainaning Markaziy Osiyoga mollarni yetkazib berish jarayoni birinchi navbatda Qozog‘istonga tegishli bo‘ladi.

Biroq, iqtisodiy tahlilchi Saparboy Jubayevning o‘ylashicha, mazkur rejadan O‘zbekiston ham foyda ko‘rishi mumkin.

Uning o‘ylashicha, "O‘zbekiston Ovro‘osiyo iqtisodiy ittifoqiga kirmagani uchun, iqtisodiy muammolarni yechish maqsadida ko‘proq bunday tashabbuslar bilan chiqadi".

"O‘zbekiston Janubiy Osiyo bozorlariga chiqish uchun muqobil yo‘llarni amalga oshirishni boshlagan. Bu jihatdan Qozog‘istonga qaraganda, O‘zbekistonning tashqi savdosini rivojlantirish uchun turfaxillashtirish imkoniyatlari ko‘proq", - deb aytdi u.

Saparboy Jubayev bilan suhbatni tinglang.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio