"Alkogolning har qancha miqdori zararli"

Image copyright Getty

Yangi tadqiqot natijalari me‘yordan oshmagan ichkilik salomatlikka ziyon yetkazmaydi degan qarashni inkor qiladi.

Buyuk Britaniyadagi sog‘liqni saqlash bo‘yicha mutaxassislariga ko‘ra, alkogolning har qanday miqdori sog‘liq uchun zararli va saratonga chalinish xavfini kuchaytiradi.

Endi ichuvchilarga haftada 3,5 litr pivo yoki 7 qadah sharob iste‘mol qilish mumkinligi aytilmoqda. Yangi ko‘rsatmalarga ko‘ra, ichish kunlari orasidagi tanaffus uch yo-da, undan ko‘proq bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.

Homilador ayollar esa, alkogoldan mutlaqo uzoq turishlari kerak.

Ichkilikka mukkasi bilan berilish noxush hodisalar va tan jarohati olish xavfini ham kuchaytiradi.

Shakarning ozi, mast qiluvchi ichimlikning yo‘g‘i yaxshimi?

Angliya, Uvels va Shimoliy Irlandiyada alkogol me‘yori bo‘yicha ko‘rsatmalar 1995 yilda chiqarilgandi. O‘shandan keyin ikki bor - 2007 va 2009 yillar homiladorlar va yoshlar uchun maslahatlar bilan yangilangandi.

Yangi tadqiqot ayni ko‘rsatmalarni qaytadan ko‘rib chiqilganini anglatadi.

Hukumat taqdim qilgan eski tartibda erkaklarga kunlik alkogol me‘yori 30-40 millilitr, ayollarga esa, 20-30 millilitr deya belgilangandi. Endi esa, kunda emas, haftada iste‘mol qilish mumkin spirtli ichimlik miqdori haqida gapirilmoqda. Bu bilan har kuni alkogol ichish to‘g‘ri emasligi anglashiladi.

Homiladorlar spirtli ichimlikdan uzoq bo‘lishlari kerakligi haqidagi yangi maslahat boshqa izohga o‘rin qoldirmaydi.

Oldin esa, Uvels, Shimoliy Irlandiya va Angliyadagi farzand kutayotgan ayollarga ichmaslik, ammo ichilgan taqdirda me‘yoridan oshmaslik aytilgandi.

Yangi ko‘rsatamalarda odamlar ba‘zi kunlar o‘zlarini alkogoldan tiyishlari shartligi va ichadigan kunlari mukkasidan ketmaslik kerakligi ochiq-oydin uqtiriladi.

1995 yilgi ko‘rsatmalarda ichkilik me‘yori bu qadar keskin qo‘yilmagan.

Image copyright PA
Image caption "Homilador ayollar esa, alkogoldan mutlaqo uzoq turishlari kerak"

"Ongli qaror"

Angliya Bosh shifokori Salli Devis: "Har qanday miqdordagi alkogol iste‘moli inson salomatligini xatarga qo‘yadi. Ammo, agar erkaklar va ayollar haftalik me‘yorni 140 millilitrda ushlashsa, saraton va jigar kabi kasalliklariga chalinish xavfi pasayadi", deydi.

Uning aytishicha, yangi ko‘rsatmalardan maqsad ommaga spirtli ichimlik iste‘moli borasidagi eng so‘nggi ilmiy ma‘lumotlarni yetkazishdir.

Alkogol va Salomatlik uyushmasi rahbari Iyen Gilmorning aytishicha, yangi maslahatlarga ehtiyoj katta edi.

"Odamlar alkogol ichish bilan bog‘liq xatarlarni bilishga haqlilar", deydi u.

"Faqat aniq va shaffof axborot bilan odamlar qancha ichkilik ichish borasida ongli qaror berishlari mumkin".

Ayni paytda Alkogol mahsulotlari bozorini kuzatuvchi Portman Guruhi voiziga ko‘ra, yangi ko‘rsatamalar bilan Britaniya boshqa Ovro‘po davlatlariga qaraganda kamroq ichishni maslahat bermoqda.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq