Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Sunniy shahri ochdan o‘lmoqda

Suriyaning sunniylar yashovchi Madaya shahri ahli ochlikdan azob chekmoqda.

Bolalar nobud bo‘layapti. Odamlar ko‘chalardagi it-mushuklarni ham tutib yeyishga majburliklarini aytishadi.

Hozir o‘t-o‘lanlarni ham iste‘mol qilayaptilar.

Sababi - alaviy shialar boshqaruvidagi Bashar Assad hukumati va ularning shia ittifoqchisi bo‘lmish "Hezbullo" jangarilari bu shaharni yarim yildan beri qamal qilishadi.

Madayaga na oziq-ovqat, na dori-darmon yetib kelayapti. Xalqaro tashkilotlar yordam karvonlari ham o‘tkazilmayapti.

Qator sunniy isyonkor guruhlari agar Assad hukumati va "Hezbullo" guruhi qamalni ochishmasa, hukumatparast qishloqlarni vayron qilish tahdidi bilan chiqishdi.

Lekin qamal hamon ochilgani yo‘q.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio