Devid Boui Britan rok-afsonasi edi

Image copyright Getty

Afsonaviy britaniyalik musiqachi Devid Boui 69 yoshida olamdan o‘tgan.

Mashhur qo‘shiqchi vafot etgani haqida BBCga o‘g‘li xabar qilgan.

"Saratonga qarshi 18 oylik jasur kurashdan keyin Devid Boui oilasi bag‘rida tinch olamdan o‘tdi", deya xabar tarqatilgan musiqachining Facebookdagi rasmiy sahifasida.

8 yanvar - Devid Bouining tug‘ilgan kunida uning 25-albomi savdoga chiqarilgan.

"Qora yulduz" (Blackstar) diski tanqidchilar tomonidan iliq kutib olingan.

Devid Bouining asl ism-sharifi Devid Robert Jons bo‘lib, u 1947 yili 8 yanvarida London shahrida tug‘ilgan.

1966 yildan u Devid Boui taxallusini qo‘llay boshlagan.

1969 yilida chiqarilgan Space Oddity qo‘shig‘i Devid Bouini mashhur qilgan ilk qo‘shiq bo‘lgan.

U 1972 yili The Rise and Fall of Ziggy Stardust and the Spiders from Mars albomini chiqargan, undagi Ziggi Stardast obrazi Devid Bouini butun dunyoga mashhur qilgan edi.

Devid Boui Let's Dance, Heroes, Under Pressure, Rebel, Rebel, Life on Mars and Suffragette City qo‘shiqlarining ham muallifi bo‘lgan.

Mashhur qo‘shiqchining 136 milliondan ortiq diski sotilgan deb ko‘riladi.

Image copyright PA

Devid Bouining 6 albomi Rolling Stone jurnalining "500 ta eng buyuk albom" ro‘yxatiga kiritilgan.

U qator filmlarda ham rol o‘ynagan.

Devid Boui moda asoschisi sifatida ham tanilgan.

Uning so‘nggi jonli ijrosi 2006 yili Nyu-Yorkda tashkil etilgan xayriya kontserti bo‘lgan edi.

Devid Boui 1992 yilda amerikalik taniqli model Iman bilan turmush qurgan edi.

Qizlari Aleksandra Zahro Jons 2000 yili tug‘ilgan.

Oldingi turmush o‘rtog‘i Anjela Barnet 1971 yili o‘g‘li Dankan Jonsga ona bo‘lgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio