Ochlikdan o‘layotganlarga yordam kechikmoqda

Image copyright Reuters

Suriyaning Madaya shahrida ochdan o‘layotgan insonlar uchun mo‘ljallangan yordam yuklarini yetkazish orqaga surilgan.

BMTning Oziq-Ovqat Dasturidan xabar qilishlaricha, qamalda qolgan Suriyaning Livan chegarasiga yaqin Madaya shahriga yetkazish ko‘zda tutilgan oziq-ovqat va dori-darmonlarning dastlabki qismini olib o‘tish oxirgi daqiqada to‘xtab qolgan.

Yuklar ortilgan avtomobillar karvoni nega Madaya shahriga yetib borolmagani sababi aniq emas.

Biroq BBCning Bayrutdagi muxbiri Jim Muirning aytishicha, janglar borayotgan hudud orqali qamaldagi manzilga yetib olish borasida muzokaralar har doim mushkul ish bo‘lgan.

Buning uchun konfliktda ishtirok etayotgan ikki tarafning eng yuqori siyosiy doiralari va o‘sha hududda bevosita jang qilayotgan jangarilarning bosh qo‘shishlari talab qilinadi.

Qamalda qolgan tinch fuqarolarga oziq-ovqat va dori-darmon yetkazish amaliyotlarini Suriya shimolidagi ikki hudud - Kefraya va Foahga uyushtirish rejalangan.

Odamlarga yordam karvonlarini yetkazishni Xalqaro Qizil Xoch va BMTning Oziq-ovqat dasturi hozirlamoqda.

So‘nggi kunlarda Suriyaning turli hududlaridan olinayotgan xabarlarda odamlarning ochlikdan o‘layotganlari, hayotda qolish uchun o‘t va uy hayvonlarini yeyayotganlari aytiladi.

Suriyadagi fuqarolar urushida butun boshli hududlarning qamal qilinishi yangilik emas.

Ammo Madayadagi ahvol qisman ochlikdan o‘layotgan odamlarning suratlari bois ham xalqaro hamjamiyat e‘tiborini tortgan.

Suriyada 4 yarim million odam yetib borish qiyin bo‘lgan hududlarda istiqomat qiladi.

Ulardan qariyb 400 ming odam qamal qilingan va yordam yetib bormaydigan 15 ta hududda qolmoqda.

Madaya o‘tgan yilning iyulidan buyon hukumat kuchlari va ularning Livandagi ittifoqchilari bo‘lmish shia Hizbulloh harakati tomonidan qamal ostida ushlab turilibdi.

Yordam karvonlarini jabha chiziqlaridan o‘tkazish lozim.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq