Rus shifokor bemorni urib o‘ldirdi

Image caption Xavfsizlik kameralarida hujum oni qayd etilgan

Rossiya shifoxonalaridan birida shifokor bir bemorga hujum qilgani aks etgan video internetda paydo bo‘lgan.

Bemor keyinroq yaralardan vafot etgan.

Hodisa 29 dekabr kuni Moskvadan 670 kilometr sharqda joylashgan Belgorod shahridagi shifoxonada yuz bergan.

Rossiya matbuotining xabarlariga ko‘ra, avval bemor shifokorni tepgan, bunga javoban shifokor uning boshiga mushtlagan.

Hodisa yuzasidan jinoyat ishi ochilgan.

Tergovchilar hodisani "ehtiyotsizlik natijasida odam o‘ldirish" deya malakalashgan.

Xavfsizlik kameralaridagi tasvirlar e‘lon qilinishi ortidan hodisa internetda qizin munozarlarga sabab bo‘lgan.

Mahalliy Tergov Qo‘mitasi vakili Yelena Kozyreva shifokorning bemorni o‘ldirish niyati bo‘lmagan, deb ishonishlarini aytgan.

Yaqinlari o‘lgan bemorning 56 yoshli Yevgeniy Baxtin ekanini aytishgan.

Shifokorning Ilya Zelendinov ekani ma‘lum qilingan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio